2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qish mavsumi oldidan aholini qanday muammolar qiynayapti?

Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida Xalq qabulxonalari Angren shahrida tashkil qilgan navbatdagi ommaviy qabul ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha ob’ektlarini qish mavsumiga tayyorlash, issiqlik, suv, tabiiy gaz, elektr energiyasiga oid masalalarni hal qilishga qaratildi.

Asosan Ohangaron, Olmaliq, Angren shaharlari va Ohangaron tumani aholisi vakillari bilan kechgan ochiq muloqotlarda uy kommunal xizmat ko‘rsatish, energetika, obodonlashtirish sohalariga mas’ul vazirlik va idoralar, hokimliklar mas’ullari ko‘tarilgan masalalarga joyida yechim topishga harakat qildi.

Ohangaronlik Abdurasul Cho‘lponov o‘zi istiqomat qilayotgan «Chetsuv» mahallasida yangi maktab qurilgani, ammo shu paytgacha elektr tarmog‘iga ulanmagani, buning oqibatida dars jarayonlarida noqulaylik keltirib chiqarayotgani yuzasidan qilgan murojaati joyiga chiqib o‘rganildi va maktab shu kunning o‘zida tarmoqqa ulandi.

Angrenlik Shahnoza Navro‘zova uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi mutasaddilari bilan suhbatda o‘zi yashayotgan uyning kanalizatsiya quvurlari nosoz holga kelib qolgani bois, chiqindi suv xonadon ichiga sizib chiqayotgani yuzasidan murojaat qildi. Bu masalani shu kunning o‘zida bartaraf etish yuzasidan zarur amaliy chora-tadbirlar belgilanib, tarmoqda zarur tozalash va ta’mirlash ishlari bajarildi.

Ohangaron shahri «Vatan» mahallasidagi ko‘pqavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar uy tomi ta’mirtalab holatga kelib qolgani, yog‘in-sochinli kunlarda chakki o‘tayotganini aytib, murojaat qildi. Murojaat joyiga chiqib o‘rganilib, tomda to‘liq ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Murojaatlar asosida mazkur mahalladagi 24- va 25-uylar yo‘laklariga yoritish chiroqlari o‘rnatib berildi.

Ohangaronning «Yangiobod» mahallasi ahli elektr ta’minotida tez-tez uzilishlar bo‘lishi, mavjud transformator quvvati ehtiyojni ta’minlash uchun yetmayotgani yuzasidan bir necha kun avval murojaat qilgan edi. Muammo mahallaning o‘ziga chiqib o‘rganildi va kerakli choralar belgilangach, eski transformator o‘rniga yuqori kuchlanishli yangi transformator o‘rnatildi. Natijada mahalladagi 200ga yaqin xonadon hamda bog‘cha va maktab elektr ta’minoti yaxshilanadi.

Ohangaron shahrining "Guliston" mahallasidan kelgan fuqarolar ichki yo‘llar ta’miri bilan bog‘liq masalani aytib, mas’ullarga yuzlandi. Masala joyiga chiqib o‘rganildi va ichki yo‘lning salkam 1 kilometr qismini betonlashtirishga tayyorlash ishlariga kirishildi.

Ommaviy qabul doirasida avvalgi muloqotlar davomida kelib tushgan murojaatlarni hal etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosiga ham e’tibor qaratildi. Misol uchun, Angren shahridagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi ariza va shikoyatlaridan keyin 152 ta uyning tom qismi joriy va mukammal ta’mirlandi, 129 ta uy yerto‘lasidagi muhandislik va kommunikatsiya tarmoqlari ta’mirdan chiqarildi. Jumladan, «Dorilfunun» mahallasidagi 16-va 26-uylarning tomi, yerto‘ladagi quvurlar ta’mirlandi. Mahalladagi gaz taqsimlash punktlari nazoratdan o‘tkazilib, soz holga keltirib qo‘yildi. «Bobotog‘» mahallasidagi yuqori kuchlanishli transformator ta’mirlandi. Bu bilan 300 xonadonga to‘liq quvvatda elektr energiyasi uzatish imkoni yaratildi.

Mahmud Pardayev Angren shahrining «Yoshlik» mahallasida istiqomat qiladi. Nogironligi bo‘lgan farzandi bor. Shu yil fevral oyida otaxonning uyida yong‘in sodir bo‘lib, boshpanasidan ajralib qoladi. "Qo‘li kalta"ligi tufayli Xalq qabulxonasiga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Shundan keyin shahar hokimligi madad qo‘lini cho‘zib, ichki imkoniyatlar hisobidan uy ta’mirlab berildi. 

Umumlashtirib aytganda, ommaviy qabul jarayonida ko‘rib chiqilgan 215 ta murojaatning 41 tasi joyida hal qilindi, 23 ta murojaat yuzasidan huquqiy maslahat va tushuntirish berildi, qo‘shimcha o‘rganish, vaqt va mablag‘ talab qiladigan 151 ta murojaat nazoratga olindi.

29.10.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar