2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Zominliklar muammolari nazoratga olindi

Xalq orasiga kirib borish, ular bilan ochiq muloqotda bo‘lish, dardu tashvishlarini tinglash, og‘irini yengil, mushkulini oson qilish – fuqarolarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.

Bugun mamlakatimizdagi barcha, katta-kichik davlat idoralarining rahbarlari aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan joriy etilgan mutlaqo yangi – mahallabay tizimi asosida ish olib bormoqda.  

Odamlar biror bir muammoni hal etish uchun davlat idoralari rahbarlari huzuriga emas, aksincha, ana shu rahbar va mutasaddi tashkilotlarning boshliqlari xalq huzuriga, mahallalarga kelayotgani ham bor haqiqat.

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti Administratsiyasi, Jizzax viloyati hokimligi, Prezidentning  Jizzaxdagi Xalq qabulxonasi hamda viloyat mutasaddi idoralari rahbarlari Zomin tumanining “Yoshlik” mahallasiga kelib, aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.

Tadbirda shuningdek, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, ishchi guruhi rahbarlari, kotibiyat mudirlari, viloyat boshqarma, tashkilot va muassasalar boshliqlari, Zomin tumani hokimi va uning o‘rinbosarlari, sektorlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etdi.

Ommaviy qabulni Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev ochib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining yorqin samaralarini berayotganini ta’kidladi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Muhammadiyev ommaviy qabulda fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan har bir murojaat tegishli tartibda qonuniy hal etilishini, ushbu ommaviy sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholini qiynayotgan mauammolarni bartaraf etishdan iborat ekanini alohida qayd etdi.

Aholi asosan sud-huquq sohasi, uy-joy bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash, bank krediti, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash,  ichimlik suvi va oqova suv masalalarini hal etish, ijtimoiy nafaqalarni belgilash, xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim tizimi, adliya, kadastr, bandlik va soliq tizimlariga oid masalalar yuzasidan murojaat qildi.

Ommaviy qabulda 202 nafar fuqaroning 237 ta masala bo‘yicha murojaati tinglandi. Ularning 39 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, 163 nafar fuqaroning muammo va takliflari belgilangan muddatlarda ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli idora va tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ijro muddati belgilandi hamda qat’iy nazoratga olindi.  

– Hududimizda 7 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi, – deydi “Beshkubi” qishloq fuqarolar yig‘ini oqsoqollar kengashi vakili Egamberdi Mamatov. – Yig‘inimiz hududidagi 19 kilometrlik ichki ko‘chalar tekislanib, qum-shag‘al to‘shaldi, 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti, 14-sonli umumta’lim maktabining 2 qavatli filiali yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Bundan aholi juda mamnun. Biroq ayrim hududlarda suv muammosi bor. bugungi ommaviy sayyor qabulga “Sakkiz tom” mahallasida yashovchi 2 ming 500 nafar aholi nomidan ichimlik suv muammosi yuzasidan keldim. Bu masala joriy yil davomida hal qilinishini aytib, mutasaddilarga shu yerning o‘zida tegishli topshiriqlar berildi.

Tadbir so‘ngida mutasaddi idoralar rahbarlari aholini qiynayotgan muammolarni mahallabay tizimi asosida joyiga chiqib o‘rganish ishlari tumanda davom ettirilishi, mavjud kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rilishi alohida ta’kidlab o‘tildi.  

30.10.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar