2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hokim yordamchisi: "Bizni mish-mishlar emas, fuqarolarning ishonchi yuksaltiradi"

Hokim yordamchilarining zimmasida eng avvalo ishlash imkoniyati va xohishi bor, lekin sharoiti og‘ir oilalarni o‘qitish, o‘z ishini boshlashi uchun imtiyozli kredit, subsidiya yoki dehqon xo‘jaligi uchun ularga yer maydonlari ajratish masalalari yuklatilgan.

Shuningdek, ular ish o‘rni yaratish, kambag‘allikni qisqartirish va oilalar daromadini ko‘paytirish kabi vazifalar uchun mas’ul. O‘z mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashadi.

"BIZNI MISH-MISHLAR EMAS, ISHONCH YUKSALTIRADI" 


– 2022 yilning 11 yanvaridan Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani «Chang» MFYda hokim yordamchisi vazifasida ish faoliyatimni boshladim, – deydi Iqboljon Usmonov. – Birinchi navbatda mahalladagi har-bir xonadonga uyma-uy kirib, xonadonbay ro‘yxat tuzib chiqdim. Xatlov natijalariga ko‘ra, mahallada 4 ta – «Navro‘z», «Guzar», «Mustaqillik», «Obod diyor» kabi nomlardagi ko‘chalarning borligini bildim. Mazkur ko‘chalarda 704 ta xonadon, 968 ta oila, 3 ming 395 nafar aholi istiqomat qilib keladi. 
 
Mahallada eng avvalo iqtisodiyotni ko‘tarish juda muhim omildir. 

«Chang» MFYning asosiy drayveri dehqonchilikdir. Joriy yilning 9 oyi davomida 82 nafar aholi doimiy ish bilan, 68 nafari o‘z-o‘zini band qilish orqali ish bilan ta’minlandi. 84 nafar ishsiz fuqaro kasb-hunar o‘rganishi uchun o‘qishga yo‘naltirildi. Shundan 52 nafar fuqaro tikuvchilik yo‘nalishida faoliyat boshlash istagini bildirdi. 32 nafar fuqaro tadbirkorlikka, ikki nafar fuqaro kompyuter dasturlash yo‘nalishlariga, 38 nafar fuqaroga dehqon xo‘jaligi tashkil etishi uchun 15 sotixdan 5,7 ga yer maydonlari ajratildi hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga imkoniyati yaratildi. 
 
Shu kunga qadar uch nafar fuqaroga yuridik korxona, 17 nafar fuqaro tomonidan YATT tashkil etilishiga amaliy yordam berildi. Xatlov jarayonida mahallaga kirish qismida qarovsiz holda yotgan katta yo‘l bo‘yidagi maydonda yengil tipdagi oziq- ovqat savdo shoxobchasi tashkil qilinib, ikki nafar fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlashga erishildi. 
 
Hokim yordamchisiga 21 ta masalada kredit, subsidiya, grant va moddiy yordam turlarining ro‘yxatini shakllantirib, tavsiya vakolati berilgan. Mahallada istiqomat qiluvchi o‘n ikki nafar fuqaroga issiqxona imtiyozli kredit asosida qurib berildi. 

Butun mahallaning ko‘nglidan chiqish oson ish emas, albatta. Har-bir lavozimning o‘z mashaqqati bor. Faoliyatimizga qarata fisqu fasod changini qoqayotganlar ham yo‘q emas. Ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda hokim yordamchilarining faoliyati xususidagi har-xil mish-mishlar turli muhokamalarga sabab bo‘ladi. 
 
To‘g‘ri, guruch kurmaksiz bo‘lmaydi. Nima bo‘lganda ham bugun hokim yordamchilari xalq ichida yuribdi, oddiy odamlar hayotini o‘rganyapti, muammolarini tinglab, tadbirkorlikka ruhlantirmoqda, bu yo‘lda ularga yaqindan ko‘mak bermoqda. Bizni mish-mishlar emas, fuqarolarning ishonchi yuksaltiradi. 

09.11.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar