2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aksariyat murojaatlar ijobiy hal etildi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumani “Polvonlar” mahallasidagi kurash markazida tuman hokimi Xurshid Tohirov hamda sektor rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Muloqotda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar soni 30 tani tashkil etdi. Ularning murojaatlari tuman hokimi rahbarligida tegishli muassasa va tashkilot rahbarlari ishtirokida tahlil qilinib, ularni hal qilish choralari ko‘rildi.

Qabulda ishtirok etgan barcha fuqarolar  aynan tuman hokimi qabulida bo‘lishdi. Aholi muammolari bilan tanishish jarayonida fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, ishsizlikni bartaraf etish, qishloq ichki yo‘llarini ta’mirlash, davolanish, ishga joylashish, moddiy yordam, tadbirkorlik, uy-joy ajratish, sud-huquq masalalari ko‘tarildi.

– Rahbarlarning aholi murojaati, ehtiyojidan kelib chiqib ishni tashkil etayotganidan biz mamnunmiz, – deydi qorahojilik Dehqon Qodirov.  –Bugun turmush o‘rtog‘im Zuhra Jumayevani davolatish uchun yordam so‘rab qabulga kelgan edim. Murojaatim ijobiy hal etildi. Turmush o‘rtog‘imning davolanish jarayonlari tuman rahbarimiz nazoratiga olindi. Bu menga haqiqiy yordam, ayolimga esa chin ma’nodagi dalda bo‘ladigan bo‘ldi.

Murojaatlarning aksariyati joyida hal qilindi.

– Men kredit olib tadbirkorlik bilan shug‘ullansam degan rejalar bilan bugun tuman hokimiga murojaat qildim, – deydi “Mirzaqal’a” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Obid Adizov. – Kredit to‘lab olishga ham rozi bo‘lib turgan vaqtimda, oilaviy ahvolim va imkoniyatim cheklanganini hisobga olib tuman rahbari tashabbusi bilan menga jo‘ja parvarishlashga mo‘ljallangan inkubatsiya uskunasi bepul berildi. Bugun bizning oilamiz uchun haqiqiy quvonchli kun bo‘ladigan bo‘ldi. Chunki endi men boshchilik oila a’zolarim ish bilan bandmiz, daromad topadigan manbamiz bor.  

Muloqotlar davomida yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi. Ijrosi tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi.

Shuningdek, sektor aholisi bilan uchrashuv davomida tuman rahbari ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasi tashkil etildi. Aholining ehtiyojmand qatlamlariga 1000 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari tarqatildi.  

 

10.11.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar