Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Prezident Xalq qabulxonasi Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanining “Yashnobod” mahallasida tashkil qilgan navbatdagi ommaviy qabulda ham yo‘llar ta’miri, elektr ta’minoti, sog‘liqni saqlash, mehnat va bandlik, kredit ajratish, ijtimoiy himoya, moddiy yordam ajratish bilan bog‘liq qator iqtisodiy-ijtimoiy masalalarga yechim topildi.
Aytaylik, Yakkabog‘ning “Navro‘z” mahallasida yashovchi Laziz Diyorov hududdagi 3 km. yo‘lni ta’mirlash masalasida amaliy yordam so‘ragach, bu masala shu yerning o‘zida muhokama qilindi, joyiga chiqib o‘rganildi. Natijada zarur kuch-vositalar jalb qilinib, masalani hal qilishga kirishildi. Ayni paytda “Navro‘z” mahallasining 3 km. ko‘chalariga qum-shag‘al yotqizilmoqda.
Yakkabog‘ markazidan 15 km. olisdagi “Uyg‘ur” qishlog‘i aholisi murojaatlari asosida esa qishloqqa yangi transformator o‘rnatilib, eskirgan simyog‘ochlarni beton tayanchlarga almashtirish ishlariga kirishildi.
Yakkabog‘lik 76 yoshli Ismoil Avlaqulov esa mas’ullardan “Ulamji” mahallasidagi 4 mingdan ortiq aholini o‘ylantirayotgan uchta masalaga yechim so‘radi va ularning bariga shu yechim topildi. Otaxon murojaatidan so‘ng qishloqqa qo‘shimcha transformator va beton tayanchlar o‘rnatish, 2 km. ichki yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha aniq muddatli chora-tadbirlar belgilandi.
Yakkabog‘lik Boltaxon Maxsumov murojaati asosida esa “Bunyodkor” mahallasi Nasaf ko‘chasining 1,2 km. yo‘li ta’mirlanadigan, hududdagi bo‘sh turgan binoni mahalla fuqarolar yig‘ini balansiga o‘tkazish masalasi esa o‘rganib chiqiladigan bo‘ldi.
Mahmud Meyliyev murojaatidan so‘ng esa tuman markazidan 17 km. olisdagi Alako‘ylak qishlog‘idagi yo‘l, ichimlik suvi va tibbiy xizmat bilan bog‘liq uchta masalaga shu yerda yechim topildi. Bu murojaat asosida Alako‘ylakning tuproq yo‘llari toshlanadigan, nosoz ichimlik suvi tarmog‘i, artezian qudug‘i va hovuz ta’mirlab beriladigan bo‘ldi. Qishloqqa yangi tibbiyot punkti qurib berish masalasi bo‘yicha ham aniq muddatli vazifalar belgilandi.
Yakkabog‘ markazidan 45 km. olisdagi tog‘li “Kaltaqul” qishlog‘idan kelgan Sayqal Mirzayev va Yusuf Ne’matov murojaatlari asosida qishloqdagi 78-umumta’lim maktabi uchun sport zali va qo‘shimcha bino qurish, maktabni jihozlash masalalari 2023 yilgi dasturga kiritiladigan bo‘ldi.
Ochiq-jonli muloqotlar natijasida 13 nafar ishsiz murojaatchi doimiy ish bilan ta’minlandi, “Ayollar daftari”dagi 10 nafar xotin-qizga uyda ishlab daromad topishi uchun pishiriq pishirish pechlari va tikuv mashinalari olib berildi. Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalar farzandlaridan 34 nafarining oliy ta’lim olishi, 15 nafarining safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmat o‘tashi, 8 nafarining haydovchilik kurslarida o‘qishi uchun shartnoma pullari to‘lab berilishi belgilandi.
Xuddi shunday murojaatlar asosida og‘ir sharoitdagi 21 nafar ehtiyojmand insonga davolanishi uchun bepul yo‘llanmalar, yana shuncha murojaatchiga moddiy yordam ajratildi.
Muloqotlar natijasida yakkabog‘lik boquvchisini yo‘qotgan, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan yoki nogironligi bor insonlardan 17 nafarining uy-joyini ta’mirlash, xonadonini obod qilishi uchun mablag‘ ajratishga qaror qilindi.
“Eski Yakkabog‘” mahallasida yashovchi Dilrabo Jo‘rayevaning esa hovlisidan artezian qudug‘i qazilib, tomorqasiga suv chiqarib berilishi belgilandi. Bu bilan ayolning tomorqasi ham qo‘shimcha daromad manbaiga aylanadi.
“Besh o‘g‘il” mahallasida yashovchi Bibisora Sodiqovaga esa murojaatidan so‘ng boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadigan bo‘ldi.
Prezident Xalq qabulxonasi Yakkabog‘ning “Yashnobod” mahallasida tashkil qilgan navbatdagi ochiq, jonli va samimiy muloqot maydonida 200 dan ortiq murojaatchilarning 219 ta masalasi ko‘rib chiqildi. Ularning 139 tasi yoki 63,4 foizi joyida hal qilindi, qo‘shimcha o‘rganish, muddat va katta mablag‘ talab qiladigan 80 ta masala bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib, nazoratga olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |