Zafarobod tumani “Yorqin” shahar fuqarolar yig‘inida Jizzax viloyati prokurori sayyor qabul o‘tkazdi.
Fuqarolar bilan uchrashish, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganib, imkon qadar joyida bartaraf etish – bugungi har bir katta-kichik rahbarning zimmasidagi mas’uliyatdir.
Bugungi rahbar ishni – Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan mahallabay tizimi asosida amalga oshirishi talab etilmoqda. Aholi bilan muloqotlarning doimiyligini ta’minlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi va usullari joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Jizzax viloyati prokurori, adliya katta maslahatchisi I.Ergashxodjayev o‘tkazgan sayyor qabulda tuman hokimligi, prokuraturasi, ichki ishlar bo‘limi, viloyat, tuman mutasaddi tashkilotlar rahbar va vakillari, mazkur SHFY raisi, xotin-qizlar faoli, SHFYga biriktirilgan tuman hokimi yordamchisi va boshqalar ishtirok etdi. Tadbirda fuqarolarning 60 ga yaqin murojaati tinglandi.
Murojaatlar – asosan, bank kredit mablag‘laridagi kechikish, ish bilan ta’minlash, tomorqa xo‘jaligida issiqxona tashkil etish uchun subsidiya mablag‘lari ajratish, uy-joy bilan ta’minlash, moddiy yordam ko‘rsatish va boshqa shu kabi ijtimoiy masalalarida bo‘ldi.
Zafarobodliklar tomonidan sayyor qabulda ko‘tarilgan murojaatlarning 56 tasi joyida hal etildi, ko‘tarilgan 3 ta muammoni ijobiy hal etishga shu joyning o‘zida mutasaddilar jo‘natilib, ijrosi nazoratga olindi. O‘rganish vaqt va ijrosi muddat talab qilgan muammolar yechimini topish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi va ijrosi shaxsan viloyat prokuraturasi nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.
Qabul nihoyasida kasb-hunar o‘rgatish o‘quv markazlari qisqa kursini tamomlagan xotin-qizlarga sertifikatlar, oilasida nogironligi bo‘lgan fuqarolarga nogironlik aravachalari, ehtiyojmand oilalarga maishiy texnika jihozlari hamda “Ayollar daftari”ga kiruvchi ishsiz xotin-қизларga o‘zini-o‘zi band qilishi uchun tikuv mashinalari topshirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |