2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Obod mahalla” dasturi – amalda

Buxoro viloyati Jondor tumanida “Obod mahalla” dasturi doirasida har bir mahallada bosqichma-bosqich keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Bu yerda davlat soliq qo‘mitasi raisi shtabi ishchi guruhi tomonidan hududda ichki yo‘llarni ta’mirlash, kommunikatsiya tizimini yaxshilash, mahalliy investitsiya loyihalarini jalb etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tumanning “Zangi” mahalla fuqarolari yig‘ini “Zangi” qishlog‘ida “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari qishloq qiyofasini tubdan o‘zgartirayotir.

Ayniqsa, mahalla markazida joylashgan 520 o‘ringa mo‘ljallangan 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ayni kunlarda o‘zgacha qiyofaga kirgan. Aytish kerakki, ushbu bilim dargohi ancha yillar oldin barpo etilgan bo‘lib, rekonstruksiya holatiga kelib qolgan edi. Dastur doirasida ushbu maktab binosini ta’mirlash ishlariga 3 milliard so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi. Qisqa fursatlarda zamonaviy tus olgan ushbu maktabning o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi.

Yashirishning hojati yo‘q, uzoq yillardan buyon ushbu mahalla aholisi salomatliklarini tiklash va boshqa tibbiy muolajalar uchun boshqa hududdagi oilaviy shifokorlik poliklinikalari yoki tuman markazidagi tibbiyot maskanlariga qatnab kelishayotgan edi. “Obod mahalla” dasturi doirasida ushbu hududda ham ajratilgan 230 million so‘m mablag‘ evaziga ixcham va zamonaviy tipdagi oilaviy shifokorlik poliklinikasi ishga tushirilgani shu yerlik aholining uzog‘ini ancha yaqin qildi.

4 ming 200 dan ortiq aholi yashayotgan “Zangi” mahallasi aholisi uchun shu kungacha toza ichimlik suv ham muammo edi. Shu kunlarda ushbu mahallaga 37 kilometr masofada toza ichimlik suv quvuri tortilmoqda. Quvonarlisi, tez kunlarda mahallaning barcha xonadonlari toza ichimlik suv bilan ta’minlanadi.

Bir so‘z bilan aytganda, dastur doirasida mahalladagi barcha ijtimoiy ob’ektlar qayta rekonstruksiya qilinmoqda, yo‘qlari esa barpo etilmoqda. Asosiy ko‘chalarga asfalt yotqizilib, ichki yo‘llar betonlashtirildi. Ko‘chalarga yoritgich chiroqlari o‘rnatilib, eski transformatorlar yangilandi.

Albatta inson qadri uchun ezgu g‘oyasi asosida amalga oshirilayotgan bunday o‘zgarishlar nafaqat “Zangi” mahallasi aholisi balki bu ishlarga guvoh bo‘layotgan ko‘pchilik aholining kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada oshirmoqda.

15.11.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar