2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident topshirig‘i amalda: Yangiyer aholisi to‘liq ish bilan ta’minlanadi

Davlatimiz rahbari joriy yil oktyabr oyida Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida 2023 yilda viloyatni aholisi to‘liq ish bilan ta’minlangan va xavfsiz hududga aylantirish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

Mazkur topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Yangiyer shahrida barcha mutasaddi tashkilotlar va mas’ullardan tarkib topgan ishchi guruhlar tuzildi. Jumladan, Yangiyer shahridagi 4 ta sektor rahbarlari, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, hokim yordamchilari hamda mahallabay ishlash tizimining 5 nafar vakillari hamkorlikda ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.  

Amalga oshirilgan  ishlar natijasida joriy yilning oktyabr oyida Yangiyer shahrida 1 362 nafar ishsiz va band bo‘lmagan aholining bandligi ta’minlandi. Bunda tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan aniqlangan va shahar investitsiya va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan yaratilgan yangi ish o‘rinlari asosida ishsiz va band bo‘lmagan aholining bandligini ta’minlash choralari ko‘rildi.

Aholini ish bilan ta’minlashda hokim yordamchilari ham samarali faoliyat yuritmoqda. A.Jomiy mahallasi hokim yordamchisi N.Qurbonov tomonidan 2 nafar, Shodiyona mahallasi hokim yordamchisi G‘.Xo‘jayev tomonidan 22 nafar ishsiz va band bo‘lmagan aholining bandligini ta’minlashga ko‘maklashilgan.

Shahardagi “Elegant Fiber Textile” O‘zbekiston –Turkiya qo‘shma korxonasida asosan bolalar kiyim-kechaklari tikiladi. Mahsulotlar asosan Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinadi. Korxona yangiyerlik yoshlarning sevimli ishxonasiga aylangan.Bu yerda 200 nafar yoshlar mehnat qiladi. Turkiyalik mohir usta Saxin Orxan korxonaga ishga kelgan har bir kishiga erinmasdan tikuvchilik sir-asrorlarini o‘rgatmoqda.

– O‘rta maktabni bitirgach ancha vaqt ishsiz yurdim, – deydi Jomiy MFY da yashovchi Sh.Kamolov. – Hokim yordamchisi N.Qurbonovga ish qidirib yordam so‘rab borganimda mana shu korxonaga ishga joylashtirib qo‘ydi. Bu yerda hozir ta’minotchi yordamchisi bo‘lib ishlayapman.

– Men ham ishsiz edim, – deydi Shodiyona MFY da yashovchi M.Safarova. – Hokim yordamchisi G‘.Xo‘jayev meni shu korxonaga ishga kiritib qo‘ydi. Bu yerda tikuvchilikni puxta o‘rganib ishlayapman. Ishchilarga yaratilgan sharoitlar juda yaxshi.  

Yangiyer shahrida faoliyat yuritayotgan “Eko Grand Fruits” MCHJ  faoliyati ham aholini ish bilan ta’minlash muhim ahamiyat kasb etdi. Issiqxonada 10 gektar yer maydonda 230 ming tup pomidor yetishtirilmoqda. Turkiya texnologiyasi asosida gidroponika usulida yetishtirilayotgan pomidordan 7 oyda 2 ming 300 tonna hosil olish rejalashtirgan. Mahsulotning 80 foizidan ziyod Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinadi. Qolgan qismi ichki bozorlarga tarqatiladi. Bu yerda 150 nafar kishi doimiy ish bilan ta’minlangan. Ishchilar ikki mahal issiq ovqat bilan ta’minlangan, 1,5-2 million atrofida ish haqi oladi.  

Yangiyer shahrida topshiriq ijrosi ta’minlash, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar davom etmoqda.  

16.11.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar