2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident tashabbusi amalda: xalq qabulxonalari faoliyatidan aholi mamnun

Atoqli adibimiz Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida shunday ibratli ibora bor: “Bu dargohdan hech kim xafa bo‘lib chiqmagan”.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan, bugungi kunga kelib fuqarolar va davlat idoralari o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik vazifasini bajarayotgan Prezident Xalq qabulxonalari faoliyati haqida ayni shu baho bersak, arziydi. O‘tgan davr mobaynida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda o‘ziga xos tajriba to‘plandi. Qabulxonalarga o‘z dardini aytib kelgan har bir fuqaroning muammosiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasida ham fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va xolisona hal etish doimo e’tiborda. Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari orqali 2022 yilning o‘tgan davrida Namangan viloyati aholisidan 80 ming 300dan ziyod murojaat kelib tushgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5 ming 800taga yoki 7 foizga kamaygan. E’tiborlisi, murojaatlarning 63 ming 450 tasi, boshqacha aytganda 79 foizi qanoatlantirilgan.

– Xalqimizni ertaga emas, bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashining muhim omillaridan biri bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishdir. Shu nuqtai nazardan viloyatning barcha hududlarida aholi bandligini ta’minlash, ularning doimiy daromad manbalarini yaratish orqali qambag‘allikni qisqartirish borasida sektorlar rahbarlari va hokim yordamchilari bilan hamkorlikda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Bahodir Yusupov. – Hozirga kelib viloyatdagi mavjud 788 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi 511 ming 200 ta xonadon to‘liq xatlovdan o‘tkazildi. Buning natijasiga ko‘ra, 181 ming 685 ta muammo hal etilib, 67 ming 478 kishining bandligi ta’minlandi. Birgina, yirik ishlab chiqarish majmuasi – “Golden Egg of Namangan” parrandachilik korxonasi tomonidan aholini daromad manbaini oshirish maqsadida 1 ming 100 ta xonadonga 100 tadan jami 110 ming parranda ozuqasi bilan birga tarqatildi.

Qolaversa, “Xonadonbay” xatlovlar natijasida aniqlangan iqtisodiy nochor xonadonlarga imtiyozli kreditlar berish orqali uy-xo‘jaligini yuritishga ko‘maklashilmoqda. Masalan, Pop tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i mas’ul bo‘lgan uchinchi sektor hududi Orom mahallasi “Turonbank” tomonidan 60 milliard so‘m kredit hisobiga tashkil etilayotgan 70 gektar issiqxona kompleksi bir yilda 70 ta loyiha tashabbuskoriga bo‘linib, 600 nafar oila a’zosi ishga qabul qilindi. Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov sa’y-harakatlari bilan kichik sanoat zonalari soni 72 taga yetkazildi. Ularda joriy yilning o‘zida umumiy qiymati 879,1 milliard so‘mlik 213 ta ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi. 10 ming 310 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Prezidentimizning 2017 yil 16 oktyabrdagi “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2018 yil 7 iyundagi “Har bir oila tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosi bo‘yicha hududlarda asalarichilik yo‘lga qo‘yildi.

Davlatobod tumani prokurori mas’ul ikkinchi sektor hududi  Gulobod mahallasida keyingi ikki yilda mavjud 545 ta xonadonning 180 tasi asalarichilikka ixtisoslashdi, 54 tonna asal yetishtirildi. Oilalarda asaldan 1 milliard 800 million so‘m daromad olingani quvonarlidir. Joriy yil yakuniga qadar asalarichilik bilan shug‘ullanayotgan oilalar sonini 250 taga yetkazish rejalashtirilgan. Prezidentning viloyatdagi Xalq qabulxonasi rahbarligida shahar va tumanlarning og‘ir hududlari hamda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlariga qo‘shimcha, har bir shahar, tuman Xalq qabulxonasi tomonidan "Bir xalq qabulxona – bir mahalla" asosida aholi muammolari o‘rganilib, ko‘chadagi obodonchilik, nochor xonadonlarni qambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘rildi. Xususan, 24 kilometr ichki yo‘llar shag‘allandi, 280 ta elektr tayanch ustun, 152 dona ko‘cha yoritish chirog‘i o‘rnatildi. 13 kilometr ariq va zovurlar tozalanib, 1 ming 237 ta xonadonga to‘qsonbosti ekinlar ekildi. 121 ta xonadonda esa issiqxonalar barpo qilindi. 10 ming 826 dona mevali ko‘chat ekilib, 5 ming 419 ta xonadonning tashqi fasadi, 3 ming 695 ta oshxona va tandirxona oqlandi. E’tiborlisi, ushbu jarayonlarda 448 kishi ish bilan ta’minlandi, 22 mingdan ortiq fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Qayd etish joiz, "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlariga kiritilmagan, 30 ta og‘ir hududda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida mahalliy dastur – “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, 26 milliard 100 million so‘m mablag‘ ajratildi. bugungi kunga qadar ushbu mahallalarda amaliy ishlar bajarilib, 610,2 kilometr ichimlik suv tarmog‘i, 135,4 kilometr elektr tarmog‘i tortilib, 5 ming 854 ta tayanch va 58 ta transformator o‘rnatildi va 286,7  kilometr masofadagi ichki yo‘llar shag‘allashtirildi.  

Masalan, Kosonsoy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i mas’ul bo‘lgan to‘rtinchi sektor hududi Bog‘ ko‘cha mahallasining “Nokzor” ko‘chasida yashovchi G‘. Xalilovning bundan ikki yil avval elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan bildirgan murojaati Xalq qabulxonasi aralashuvi bilan hal etildi. Mahalliy byudjet hisobidan 205 million so‘m ajratildi. Ushbu hududda 45 ta beton tayanch, 1,8 kilometr uzunlikdagi 10-0,4 kV yangi xavo tarmog‘i va bir dona transformator o‘rnatildi. Buning samarasida  105 ta xonadonda elektr ta’minoti yaxshilandi.

O‘tgan yili Namangan viloyatida 36 ta ishlab chiqarish kooperativi tashkil etilib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 1 ming 542 nafar ishsiz fuqarolar kooperativ a’zoligiga biriktirildi hamda ularning ulushi sifatida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan 3 milliard 800 million so‘m subsidiya mablag‘i berildi. Xususan, Uychi tumanidagi “Asmus  tanho textile” ishlab chiqarish kooperativiga maxsus ijtimoiy daftarlarda mavjud 100 nafar xotin-qiz va ishsiz fuqaro a’zo sifatida biriktirilib, 245 million so‘m subsidiya mablag‘i ajratildi.

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 5 martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz hamda ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, himoya qilish, ularga davlat tomonidan manzilli tarzda ko‘maklashish belgilangan. Yangiqo‘rg‘on tumanidagi sobiq axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kollejining foydalanilmasdan, bo‘sh turgan o‘quv-ustaxona binosi 2021 yil mart oyida tuman prokurori tashabbusi bilan “Sarazar” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ijara shartnomasi asosida berildi.  “Sanoatqurilishbank” Namangan filialidan 3 milliard so‘m kredit ajratildi. Natijada, korxona tomonidan 94 ta yangi ish o‘rni yaratildi, “Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan 68 nafar xotin-qiz ishli bo‘ldi.

Prezidentimiz raisligida 2022 yil 15 yanvar kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarda ijtimoiy muhitni yaxshilash, jumladan, olis, ijtimoiy ahvoli og‘ir hamda ko‘p millatli mahallalarda uch avlod uchrashuvlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish choralarini ko‘rish belgilangan. Shu yilning o‘tgan davrida 737 ta mahallada 756 ta tibbiy ko‘rik tashkil etilib, 266 mingdan ortiq fuqarolarning salomatligi teshirildi. 5 ming 865 kishini order asosida shifoxona va ambulator sharoitda davolash choaralari ko‘rildi. 1 ming 464 nafar fuqaro sanatoriyga va 1 ming 542 nafari  nogironlikni belgilash uchun tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalariga yo‘llantirilgan.

– Prezident Xalq qabulxonasidan minnatdormiz. Bugun davlat idoralari chinakamiga xalqimizga kamarbasta bo‘lmoqda, – deydi Uchqo‘rg‘on tumanidagi Yog‘du mahallasida istiqomat qiluvchi ikkinchi guruh nogironi N. Nasriddinova. – Tibbiy ko‘rikda menda kasallik aniqlandi. Murojaatim e’tiborga olinib poytaxtimizdagi Respublika travmatologiya ortopediya ilmiy tekshirish institutiga davolanish  uchun order  berildi.

Xalq qabulxonalari uyma-uy yurish orqali aniqlangan  muammolar, jumladan ichimlik suv va ichki yo‘llar bilan bog‘liq masalalarni hal etishga ham alohida e’tibor qartmoqda. Masalan, Prezidentning Namangan tumani Xalq qabulxonasi va tuman prokurori mas’ul ikkinchi sektor hamkorligida o‘tgan yilning o‘zida hududlarda infratuzilmani yaxshilash borasida olib borilgan amaliy ishlar natijasida Namuna mahallasida 5,3 kilometr uzunlikdagi ichimlik suv tarmog‘i tortildi. 160 ta xonadonning ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi. Shuningdek, Mingbuloq tumanidagi Madaniyat mahallasining “Kichik qorayantoq” ko‘chasi, 21-uyda yashovchi fuqaro R. Xudoyberdiyevaning tuman Xalq qabulxonasiga va sayyor qabulda yashash hududidagi ko‘chani shag‘allashtirish masalasidagi murojaati o‘rganilib, ikkinchi sektor rahbari tashabbusi bilan 850 metr ichki yo‘llarga  shag‘al yotqizildi.

Joylarda xalq bilan muloqot va “Mahallabay” ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholining dolzarb muammolarini hal etish maqsadida Prezidentning Namangandagi Xalq qabulxonalari, sektor rahbarlari va hokim yordamchilari tomonidan hududlarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan 3 ming 227 ta sayyor qabulda 

16 ming 618 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 9 ming 82 tasi qanoatlantirilgan. O‘tgan davrda Xalq qabulxonalari tomonidan Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlariga 184 ta axborot kiritilib, 357 marotaba sektor va tashkilotlar rahbarlari hisobotlari eshitilgan. 80 nafar ana shunday mansabdorga ogohlantirish va 14 nafar mas’ul xodimga hayfsan berilgan. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralariga esa 239 ta taqdimnoma va 73 ta taklif kiritilgan.  309 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan. Ulardan  

72 nafariga ogohlantirish, 160 nafariga hayfsan, 22 nafariga jarima, 9 nafari vazifasidan ozod etilgan holda 46 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan odamlarning dardu tashvishlarini eshitish va ularni hal etish orqali joylardagi dolzarb muammolarning samarali yechimi topilmoqda. Demakki, bugun Xalq qabulxonalari faoliyatidan aholi mamnun.

19.11.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar