Namangan tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan tuman Kengashi deputatlari, tumandagi mahallalar raislari va masalaga aloqador boshqa mas’ullar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xotin-qizlar hamda gender tengligi masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, doimiy tartibda ishlovchi senator Mahmud Parpiyev, Xalq deputatlari Namangan tuman hokimi o‘rinbosari Jamshid Akbarov va boshqa mas’ullar ishtirok etdi. Tuman hokimining o‘rinbosari J. Akbarov yuqoridagi qaror ijrosi doirasida tumanning tegishli hududlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Senator Mahmud Parpiyev mazkur ishlarning o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirilishi yuzasidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini o‘rnatilishi borasida aniq hamda manzilli choralar ko‘rilishi borasida atroflicha fikrlar bildirdi. Unga ko‘ra tumanning “Boston” mahallasini ko‘chalarida jami 1.2 km shag‘allash ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda «Namangan tumani yo‘llardan foydalanish» unitar korxonasi tomonidan shag‘allash ishlari olib borilmoqda. Hozirga qadar tumandagi shag‘allash rejalashtirilgan 25.9 km yo‘llardan 12.8 km yo‘l shag‘allab bo‘lindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |