Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida ilk bor ochiq yurakda murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganligi haqida xabar bergan edik.
Toshkentdan kelgan tajribali yurak-qon tomir jarrohi Mustafo Obeyd boshchiligidagi bir guruh yetakchi mutaxassislar va viloyatdagi mahalliy jarrohlar hamkorligida o‘tkazilgan operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarildi. bugungi kunda bemorlarning ahvoli ijobiy tomonga o‘zgarib, tibbiy holati malakali reanimatologlar va kardiojarrohlar tomonidan nazorat qilinmoqda. Operatsiyadan keyingi davrda bemorlar ahvolini baholash maqsadida o‘tkazilgan EKG, UTT, Rentgen tekshiruv usullari, laborator tahlil natijalari va jarohatlarning birlamchi holati amaliyotning mukammal darajada o‘tkazilganidan dalolat beradi. Bemorlarning kayfiyati a’lo.
Albatta bu kabi yutuqlar tibbiyot sohasida olib borilayotgan tizimli islohotlarning amaldagi ifodasi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Viloyatlarda tashabbuskor rahbarlar tomonidan tashkil qilingan bu kabi amaliyotlar tibbiyotning xalq ichiga kirib borishining bir ko‘rinishidir. Zero, odamlarni rozi qilish davlatimiz siyosatining ustuvor maqsadidir.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov bemorlar holidan xabar olish maqsadida mazkur filialga tashrif buyurdi. Bemorlarning oyoqqa turib sog‘ayganligi viloyat hokimini quvontirdi. Bemorlar yaratilgan sharoit va imkoniyatlar uchun Prezidentimizga va tashabbuskor rahbarlarga minnatdorlik bildirishdi.
– Kelgusida yurak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarning barchasi Buxoro sharoitida mahalliy kardiojarrohlar tomonidan operatsiya qilinishi kerak, – deydi viloyat hokimi Botir Zaripov. – Buning uchun markaz zarur tibbiy texnika, anjomlar va boshqa uskunalar bilan to‘liq ta’minlanadi.
– Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat, sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish samarasi o‘laroq hozirgi kunda og‘ir dardga chalingan, doimiy davolanish kurslarini olib yurishga mansub guruhlar qatoriga kiruvchi bemorlar, vatandoshlarimiz o‘z ona yurtida shifo topish baxtiga erishmoqda, – deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori, tibbiyot fanlari nomzodi Tohir Musayev. –Filialda kardioxirurgiya xizmatini joriy etish borasida kadrlar salohiyatini oshirish, jahondagi ilg‘or yuqori texnologiyali davolash-diagnostikalarni tatbiq qilish, kam invaziv davo usullari hamda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy qilish, davolashning sifat va samaradorligini oshirish yo‘lida amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan kardioxirurgiya va angiografiya xizmatini Buxoro viloyatida keng tatbiq etish uchun zamon talablariga mos “Angioxirurgiya” binosi qad ko‘tarmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |