Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev va sektor rahbarlari ishtirokida aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, mavjud muammolarini aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish maqsadida Sayxunobod va Sirdaryo tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
"Baxmalsoy" mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida yuzdan ziyod fuqaroning qishloq infratuzilmasi, kadastr, ichimlik suvi ta’minoti, ichki yo‘llar ta’miri, subsidiya ajratish, tibbiy xizmat, bandlik va boshqa masalalar bilan bog‘liq murojaatlari mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘rganib chiqildi. Har bir murojaatni joyida hal etish choralari ko‘rildi. Bartaraf etish uchun vaqt va mablag‘ talab etiladigan ba’zi murojaatlar bo‘yicha muddat belgilangan holda ijrosi nazoratga olindi. Shu yerning o‘zida "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yigit-qizlarning 14 nafariga motokultivator, kompyuter jamlanmasi, tikuv mashinasi, elektr payvandlash va inkubator uskunalari topshirildi.
Qabul yakunlangach mahalla idora binosida tashkil qilingan tikuvchilik sexida ishlayotgan qishloq ayollari va mahalla mas’ullari bilan muloqot o‘tkazildi. Shundan so‘ng Akmaljon Mahmudaliyev sayyor qabulda ko‘tarilgan muammolar bilan shaxsan tanishish maqsadida "Nurli yo‘l" ko‘chasiga bordi va aholi bilan yuzma-yuz suhbatlashdi. Ularning ichki yo‘llar, ichimlik suv ta’minoti, eskirgan elektr simyog‘ochlar bo‘yicha muammolarini bartaraf etish yuzasidan mas’ullar belgilandi. Mahalladagi 22-sonli umumta’lim maktabi ham nazardan chetda qolmadi. Bu yerda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik, sinf xonalaridagi sharoit ko‘zdan kechirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |