Namangan shahrining “Yuksalish” mahallasida 588 xonadondan iborat 14 ta 7 qavatli turar-joy binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan oʻtkazilgan marosimda viloyat, shahar hokimliklari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla aholisi, faxriylar, yoshlar ishtirok etdi.
Mamlakatimizda xalqimiz farovonligini yuksaltirish, shahar va qishloqlar qiyofasini tubdan yaxshilash yoʻlida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotgani va buning samarasi mazkur moʻjaz shaharcha timsolida ham oʻz ifodasini topayotgani taʼkidlandi.
– Oʻtgan yil shu kunlarda ham qarovsiz, kimsasiz yotgan bu adirliklar bagʻrida shunday koʻrkam va zamonaviy uy-joylar boʻladi, desa, birov ishonmasdi, – deydi “Nuroniy” jamgʻarmasi viloyat boʻlimi raisi I.Najmiddinov. – Chunki, yaqin-yaqinlarda ham koʻp qavatli uylarni taʼmirlash yoki yangisini qurish katta muammo yoxud imkonsiz bir ish edi-da. Butun viloyat boʻylab davom etayotgan katta bunyodkorlik ishlari barobarida bir yilning oʻzida, birgina mahallada 14 ta 7 qavatli uy qurib, foydalanishga topshirilishi yurtimiz iqtisodiyoti jadal yuksalayotganidan dalolat beradi. Bu barchamizga gʻurur bagʻishlaydi.
Prezidentimizning 2016-yil 22-noyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida viloyatda olib borilayotgan ishlar surʼat va sifati “Yuksalish” mahallasida qad rostlagan uy-joylar misolida oʻz aksini topdi. Hududga ichimlik suvi, oqova suv, tabiiy gaz, elektr tarmoqlari tortildi. Keng va ravon yoʻllar qurildi, eskilari rekonstruksiya qilindi, zamonaviy yoritish tizimi bilan jihozlandi. Har biri 42 xonadondan iborat uylar hovlisi bolalar maydonchasi, xiyobon va gulzorlar bilan obod qilindi. Bundan tashqari, mahallada mavjud 8 ta koʻp qavatli uy-joy taʼmirlandi.
“Oʻzshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida amalga oshirilgan bu loyihaga byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan 150 milliard soʻm sarflandi. Qurilish-montaj ishlari “Yangiqoʻrgʻon servis quruvchi” va “Degrez qurilish savdo invest” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari bosh pudratchiligida bir qator qurilish korxonalari tomonidan bajarildi. Qurilish majmuasida bir paytning oʻzida 1000 nafarga yaqin quruvchi, 150 dan ortiq maxsus texnika va transport vositasi ishladi.
Ayni paytda hududdagi yoʻllarni asfaltlash, umumtaʼlim maktabini taʼmirlash va qoʻshimcha bino qurish, poliklinika va mahalla fuqarolar yigʻini idorasini rekonstruksiya qilish qizgʻin davom etmoqda, 385 oʻrinli bolalar bogʻchasi qurilishi boshlab yuborilgan.
Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, mazkur hududda “Yuksalish” kichik sanoat zonasi ham tashkil etilib, bu yerda tadbirkorlik subyektlarining 60 dan ziyod loyihasi asosida ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda. Loyihalar toʻliq amalga oshirilgach, 7 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratiladi.
Yuksalish mahallasini hozirdan shaharcha, deb atashlariga toʻla asos bor. Chunki, bugun foydalanishga topshirilgan uylar oralab oʻtgan yoʻlning narigi tomonida oʻnlab minorali kranlar ishlayapti. Yana 14 ta 7 qavatli uyning poydevori qurilgan va 2019-yilning xuddi shu faslida ularni ham foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Umuman, 2020 yilgacha bu hududda 70 dan ortiq koʻp qavatli uylar qurilishi koʻzda tutilgan. Aytish mumkinki, “Yuksalish” mahallasi yaqin kelajakda Namangan shahrining yoʻldosh shaharchasiga aylanadi.
Tantanali marosimda zikr etilgan mazkur maʼlumotlar yigʻilganlar olqishiga sazovor boʻldi.
Tadbirda 21 nafar nogironligi bor fuqaro, 6 nafar kam taʼminlangan oila va Yoshlar ittifoqining 32 nafar faol aʼzosiga imtiyozli kredit asosida xonadonlar kaliti topshirildi. 36 nafar nogironligi bor fuqaroga maxsus aravachalar tuhfa qilindi.
– Prezidentimizning biz, nogironlarga koʻrsatayotgan gʻamxoʻrliklarini soʻz bilan ifoda etib boʻlmaydi, – deydi yangi uy sohibasi, I-guruh nogironi F.Mirabdullayeva. – Chunki, hayotda, jamiyatda oʻz oʻrning borligini his qilib yashash inson uchun katta baxt. Yaratganning “Birni berganga oʻnni beraman”, degan vaʼdasi bor, ilohim bizga koʻrsatilayotgan bu mehr-muruvvatning mevasi Prezidentimizga, ezgu ishlar boshida turgan barcha rahbarlarga, xalqimizga ziyoda boʻlib qaytsin.
Bunyodkorlik ishlarida ibrat koʻrsatgan qurilish korxonalari xodimlari viloyat hokimligining faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Tantanali marosimda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov soʻzga chiqdi.
Akromjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |