Fuqarolarning muammolarini hududlarga chiqib o‘rganish sinalgan usullardan bo‘lib, jamiyat va xalq farovonligi yo‘lida keng samara bermoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay O‘rinboyev Nukus shahrining chekka hududlaridagi aholi bilan uchrashib, ularning talab va takliflariga quloq tutdi. Xususan shunday hududlardan biri bo‘lgan «Bestөbe» MFY fuqarolari bilan uchrashib, ularning turmushida uchrayotgan muammolarini tingladi, aholining yashash sharoitini o‘rgandi.
Jo‘qorg‘i Kenges Raisi hududda istiqomad qiluvchi Dilbar Sarsenbayeva, Gulara Qarjaubayeva, Zavrexan Yeshimova, Jaras Bodыmanov hamda boshqa fuqarolarning xonadonlarida bo‘lib, ularga televizor, muzlatgich, oziq-ovqat mahsulotlarini ulashdi. Shuningdek, qo‘shimcha sovg‘alar topshirib, fuqarolarning uy-joylarini ta’mirlash uchun yordam berish, ya’ni uy tomlarini yopish, isitish tizimini o‘rnatish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.
Amanbay O‘rinboyevning aholi turmush tarzini o‘rganish, muammolarini bartaraf etish bo‘yicha hududlarga chiqishlari davom etadi, deya xabar beradi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Axborot xizmati.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |