Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan tuzilgan 24 ta vazirlik va idora rahbarlaridan iborat Respublika Ishchi guruhi a’zolari shu kunlarda og‘ir hudud hisoblangan Andijon viloyatining Asaka tumani hamda Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida o‘z ishini davom ettirmoqda.
Respublika ishchi guruhi uyma-uy yurib, aholi muammolarini va ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi masalalarni o‘rganmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni imkon qadar o‘z joyida hal etishga harakat qilinmoqda.
Jumladan, Asaka tumanining maktablarida ta’lim sifatini oshirish va zarur moddiy-texnika jihozlari bilan ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 398,5 mln. so‘mlik ishlar boshlandi. 3-sonli maktabning qo‘shimcha qurilgan binosi uchun 305 mln. so‘mlik mebel jihozlari olib kelib joylashtirildi. 7 ta maktabga kompyuter va proyektor jamlanmasi yetkazib berildi, 2 ta maktabgacha ta’lim tashkilotining issiqlik va tom qismini ta’mirlash maqsadida 150 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.
Tuman yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 28 nafar yoshlarning IT yo‘nalishidagi loyihalari uchun 100 mln. so‘m mablag‘ o‘tkazib berildi.
Tumanda 53 nafar tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz fuqarolarga faoliyatini boshlashi uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish va issiqxona qurish uchun 1 mlrd. 18 mln. so‘mlik subsidiyalar ajratildi.
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida ham shunday hayirli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, 15 ta mahallada 13 km ichki yo‘llar ta’mirlandi. Shundan, 11,1 km tuproq yo‘llar shag‘allashtirildi, 2 km yo‘lga asfalt yotqizildi. “Qoraqo‘yli”, “Adolat” mahallalarida 2 km yo‘llar asfaltlashtirildi.
Aholi talabidan kelib chiqib, 13 949 dona gaz ballon almashtirildi. 196 nafar iste’molchiga yangi gaz ballonlar yetkazildi. 165 ta gaz taqsimlash punktlari, 157 ta aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 6 km tarmoq tortildi, 214 dona temir-beton ustunlar, 2 ta transformator o‘rnatildi. “Yuqori Zarqaynar” mahallasida 52 dona, “Yangi qo‘rg‘on” mahallasida 31 dona temir-beton ustunlar, “Chorbog‘turong‘i” mahallasida 40 dona temir-beton ustunlar o‘rnatildi, “Shoberdi” mahallasida 1,0 km “Pastki Yangiqo‘rg‘on” mahallasida 2,5 km tarmoq tortildi.
Tadbir boshidan 982 tonna ko‘mir mahsuloti olib kelindi va mahallalarga tarqatildi.
Umuman olganda, Andijon viloyati Asaka tumanining 77 ta mahallada 15 985 ta xonadon, 84 ta ijtimoiy soha ob’yektlari o‘rganildi. Uyma-uy yurish davomida jami 6 566 ta muammo aniqlandi. Ularning 884 tasi (14%) joyida hal etildi. Farg‘ona viloyati Beshariq tumanining 62 ta mahallada 27 720 ta xonadon, 260 ta ijtimoiy soha ob’yektlari o‘rganildi. Uyma-uy yurish davomida jami 8 031 ta muammo aniqlanib, 3 644 tasi (43%) joyida hal etildi. Qolgan masalalarni hal etish uchun esa amaliy chora-tadbirlar dasturi tuzilib, yechimi bo‘yicha manzilli tadbirlar rejalashtirib olindi.
Ishlar davom ettirilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |