2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq roziligi yoʻlida

Respublika Ishchi guruhi Andijon viloyatining Asaka va Fargʻona viloyatining Beshariq tumanlarida oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

Ishchi guruhining sektorlar kesimida xonadonbay oʻrganishlar natijasida ikki tumanda jami 139 ta mahalla 95 mingga yaqin xonadon, 867 ijtimoiy soha obyektlari oʻrganilib, 29 mingdan ziyod muammoli masalalar aniqlandi. Ularning oʻrtacha 54 foiziga tezkorlik bilan joyida yechimi topildi.

Oʻrganishlar davomida alohida eʼtibor ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli ogʻir boʻlgan koʻmakka muxtoj aholi qatlami muammalariga qaratildi. Jumladan, 116 nafar “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan xotin-qizlarga oʻz tadbirkorligini boshlash va rivojlantirish uchun bepul uskuna va jihozlar berildi, 79 nafar yoshlarga kontrakt toʻlovi uchun 158 mln. soʻm mablagʻ ajratildi, 83 nafar yoshga 1 mln. soʻmdan moddiy yordam berildi, 233 fuqaroning bandligi taʼminlandi hamda 18 ta ogʻir ahvoldagi oilalarning xonadonlari taʼmirlab berildi.

Aholi sogʻligʻi muhofazasi ham Respublika ishchi guruhining eʼtibor markazida boʻldi. Xususan, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan 84 nafar fuqaroga moddiy amaliy yordam koʻrsatildi, 56 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarga reabilitatsiya vositalari yetkazib berildi, 17 nafar fuqaroga nogironlik guruhlari belgilandi, 84 nafar fuqaroga amaliyot va davolanish uchun yoʻllanmalar berildi, shifoxonalarga yotkizildi.

Aholi yashash manzillarida ijtimoiy infratuzilmaning holatini yaxshilash borasida ham qator ishlar amalga oshirildi. “Qiyat-Sartol”, “Qum”, “Nurafshon”, “Dala-Hamid Olimjon” kabi 26 ta mahallada 30 km.ga yaqin ichki yoʻllar taʼmirlandi. Shundan, 26,5 km tuproq yoʻllar shagʻallashtirildi, 3 km yoʻlga asfalt yotqizildi.

Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida “Toshtepa”, “Olaqanot”, “Tuvadoq”, “Kujgan”, “Baxrin”, “Markayuz”, “Ulugbek”, “Koʻrkam” kabi mahallalarda 10 km.dan ziyod sip-kabellar tarmogʻi tortilib, 342 dona temir-beton ustunlar, 11 ta yangi transformator oʻrnatildi.

Tadbir boshidan 9 ta – “Doʻstlik”, “Fayzobod”, “Yakkatut”, “Qum”, “Obod”, “Ganbay” kabi mahallada ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida 3 ta yangi suv nasosi, 2 ta suv minorasi oʻrnatildi, 143 ta xonadon suv tarmogʻiga ulandi.

Aholi talabidan kelib chiqib, 17 mingdan ziyod gaz balloni almashtirilib, 353 tonna suyultirilgan gaz xonadonlarga yetkazildi.

Ishlar davom etmoqda.

12.12.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar