2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Asakada suv taʼminotidagi muammolarning sababi nima?

Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbari topshirigʻiga binoan Fargʻona viloyatining Beshariq, Andijon viloyatining Asaka tumanlarida 24 ta vazirlik va idoralar rahbarlaridan tarkib topgan ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.

Guruh vakillarining aholi bilan yuzma-yuz muloqotida oddiy odamlarni uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolar yuzaga chiqmoqda. Oʻz navbatida hududlarni kompleks rivojlantirish va hamyurtlarimiz turmush sharoitini yaxshilashga xalal berayotgan masalalarning ijobiy yechimi yuzasidan saʼy-harakatlar amalga oshirilayotir. Jumladan, Asaka tumanidagi “Markaz”, “Ozod” va “Kujgan” MFYda ichki yoʻllarni taʼmirlash ishlariga kirishilgan. Buning uchun 10 dan ortiq transport vositalari jalb etilib, koʻchalarni shagʻallash boshlab yuborildi.

— Kuz-qish mavsumi keldi deguncha, ichki yoʻllarimizning abgor ahvoli dilimizga gʻulgʻula soladi, - deydi “Kujgan” MFYda istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Abdusattor Olimov. — Ishchi guruhi vakillari xonadonimizga kelib, muammolarimiz haqida soʻraganida shu masalada yordam berishlarini soʻradik. Mana, bir zumda boshlangan amaliy ishlarni koʻrib, xursand boʻlyapmiz!

Andijon viloyatida eski elektr simyogʻochlarini temir-beton tayanchlarga almashtirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar roʻyobga chiqarilayotganiga qaramay, ayrim hududlarda bu masalada aholini tashvishga solib kelayotgan holatlar ham yoʻq emas. Masalan, Asakaning qator mahallalaridagi eski simyogʻochlar hamon koʻzga xunuk koʻrinib turibdi.

— Hozirda “Markaz”, “Obod”, “Qipchoq”, “Argʻin”, “Yuqori boʻz”, «Baynalminal» mahallalarida eski simyogʻochlarni yangisiga almashtirish ishlari olib borilyapti, - deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon filiali xodimi Muxlisa Sobirova. —Qolaversa, taʼminotdagi uzilishlarga barham berishga alohida eʼtibor qaratilyapti. Shu oʻrinda aytish kerak, elektr energiyasi taʼminotidagi barqarorlikka erishish uchun isteʼmolchilarning ham ishtiroki muhimdir. Boisi, joylarda elektr energiyasidan manfaatsiz foydalanish, zaruratdan ortiq isteʼmol qilish, noqonuniy ulanish kabi holatlar yoʻq emas. Xonadonlarda boʻlganimizda bu boradagi tushuntirish ishlariga urgʻu beryapmiz.

Asaka tumani Andijon viloyatidagi ichimlik suvi taʼminoti eng ogʻir hudud hisoblanadi. Ahamiyatlisi, ayni damda hududdagi “Otish”, “Kujgan” MFY va “Navroʻz” massividagi suv inshootlarida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari tez orada obihayot taʼminotini bir qadar yaxshilaydi.

Shu oʻrinda haqli savol tugʻiladi? Suv taʼminotidagi muammolarning yuzaga kelishiga sabab nima?

— Oddiy misol, “Navroʻz” massividagi suv toʻplash inshooti 2005-yilda barpo etilgan boʻlib, oʻsha paytda Asaka shahrining 50 foiz qismini ichimlik suvi bilan taʼminlagan, - deydi “Andijon suv taʼminoti” MCHJning tuman filiali bosh muhandisi Botirjon Teshaboyev. — Bugungi kunga kelib chekka mahallalar u yoqda tursin, tuman markazidagi 77 ta koʻp qavatli uyda ham ichimlik suvi taʼminoti qoniqarli emas. Bunga aholi va ijtimoiy obyektlar sonining ortishi, shahar hududining kengayishi sabab boʻlmoqda. Shu bois tumandagi mavjud suv quduqlari va inshootlarni toʻliq ishga tushirish, imkoniyatini oshirish ustida ishlamoqdamiz. Biroq bu bilan muammo yuz foiz hal boʻlib qolmaydi. Shu sabab hozircha aholini belgilangan soatlardagina ichimlik suvi bilan taʼminlash chorasini qoʻllash mumkin.

Xalqimiz izlagan imkon topadi, deb bejiz aytmaydi. Shunisi aniqki, yuqorida keltirganimiz respublika ishchi guruhi faoliyati ana shu imkoniyatlarni ishga solishga turtki bermoqda.

13.12.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar