Xatirchi tumani 3-sektor hududida joylashgan “Bog‘ishamol” mahallasida Navoiy viloyati IIB va viloyat Adliya boshqarmasi rahbarlari ishtirokida “Sayyor qabul” tashkil etildi.
Bugungi kunda 3-sektorda 19 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, “Sayyor qabul”da “Bog‘ishamol” mahallasi aholisidan tashqari “Xuddon”, “Galabek” va “Dehqonobod” mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar ham qatnashdi.
– Mahallamizda 679 oilada 2371 kishi istiqomat qiladi, – deydi “Bog‘ishamol” mahallasi raisi Asror Xoliqov. – Yil boshida o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida 35 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Bundan tashqari, nogiron bolani tarbiyalayotgan, sud-huquq tizimida muammosini hal etolmayotgan, boquvchisi yo‘q kam ta’minlangan oilalar bor. Ularning ko‘pchiligi huquqiy yordamga muhtoj. “Sayyor qabul”da fuqarolarimizning aksariyati o‘zlarini qiynayotgan masalalar bilan mas’ullarga murojaat qildi. Qabul davomida fuqarolarimizning bir qator muammolariga yechim topildi.
“Sayyor qabul”da Vasila Qarshiyeva va Kamol Ergashov tibbiy xizmat ko‘rsatilishi masalasida murojaat qilgan bo‘lsa, kam ta’minlanganlar ro‘yxatida turuvchi Munira Begmatova qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida imtiyozli shartlarda yer olish bo‘yicha murojaat qildi. Fuqarolarning muammolari tegishli tartibda o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.
– Ayni paytda oilaviy sharoitim tufayli yashab turgan xonadonimni ta’mirlashga ko‘mak so‘radim, – deydi To‘lqin Bozorov. – Sektor rahbari tomonidan ijtimoiy ahvolim o‘rganilib, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.
– Oilaviy ahvolimiz nochorligi bois turmush o‘rtog‘im fuqarolik pasportini olishda qiynalayotgan edi, – deydi Muhayyo Quvondiqova. – Ichki ishlar va Adliya boshqarmalari boshliqlari ishtirokida o‘tkazilayotgan “Sayyor qabul”ni eshitib keldim. Mutasaddilarga rahmat. Murojaatim ijobiy hal etilib, shu kunning o‘zidayoq turmush o‘rtog‘imga ID pasport rasmiylashtirildi.
“Sayyor qabul”da fuqarolarning yo‘l, uy-joy ta’miri, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, sog‘liklarini tiklash, bank-kredit masalalaridagi 30 dan ortiq murojaatlariga yechim izlandi.
Qabul davomida fuqarolarga haydovchilik guvohnomasini almashtirish, elektron imzo, tibbiy ma’lumotnomalar olish, “e-auksion”da ishtirok etish bo‘yicha 10 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |