Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 dekabrdagi “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan avf etilgan shaxslar holidan xabar olinmoqda.
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan jazo muddatini o‘tayotgan 402 nafar shaxs afv etilgan edi.
Navoiy viloyati IIB Probatsiya bo‘limi boshlig‘i O.Ilbayev hamda Navbahor tumani IIB boshlig‘i U.Shukurov Prezident farmoniga asosan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilgan Zufar Yuldoshev hamda Bekzod Haydarovning yashash xonadoniga bordi. Maqsad, ularga ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ko‘maklashishdir.
Shuningdek, Karmana tumanida yashovchi, jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilgan Nodir Achilov hamda Galimdjon Xaybullov holidan ham xabar olindi.
Uchrashuvlar so‘ngida ularga tuman ijtimoiy ko‘nikma markazi tomonidan bir martalik moddiy yordam puli va oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Suhbat chog‘ida ularning muammolari o‘rganilib, kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha hududiy hokimliklar bilan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |