Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Buxoro viloyati aholisini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi 5 yil ichida viloyat aholisining 75 foizdan ortig‘i obi hayot bilan ta’minlandi.
Ayniqsa, eng chekka hududlardagi 15 mingdan ortiq xonadonlarga ilk bor ichimlik suvi kirib bordi.
“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati va tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda aholining taklif hamda murojaatlari asosida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va ta’mirlash maqsadida ayni chog‘da ham qator yangi loyihalar amalga oshirilyapti. Xususan, Shofirkon tumanining eng olis 3 ta mahallasida qariyb 55 kilometr masofaga quvurlarni tortish ishlari 70 foizga bajarildi. Bu Shofirkon tumanidagi 1300 ga yaqin xonadonning ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlanishi imkonini beradi. Boshlangan tashabbus natijasida Chitgaronda 8,29 kilometr, Dodbog‘nida 22,6 kilometr, Quyi Chuqurak mahalla fuqarolar yig‘inida esa 23,87 kilometr masofaga yangi quvurlar tortilmoqda. Jarayonlarni yil yakunigacha nihoyasiga yetkazish rejalashtirilgan.
– Mahallamiz tumanning eng chekka hududida joylashgan bo‘lib, necha yillardan buyon fuqarolarimizning armoniga aylanib kelgan ichimlik suvi masalasi joriy yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan yechim topdi, – deydi Alisher Navoiy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Sherali Muqimov. – 3 milliard 800 million so‘mga yaqin mablag‘ ajratilib, 23 kilometrlik ichimlik suv tarmog‘i tortilmoqda. Davlatimiz rahbariga mahalla fuqarolari nomidan minnatdorlik bildiramiz. Chunki fuqarolarimizning azaliy orzulari amalga oshdi. Ushbu mahalla aholisi hududda kechayotgan islohotlardan mamnun. Birgina ichimlik suvi emas, balki barcha kommunal sohadagi muammolar ijobiy hal qilinib, aholiga qulay turmush sharoiti yaratilmoqda.
Quyi chuqurak mahallasi ham Shofirkonning eng chekka hududi. Suv taqsimlash inshootigacha bo‘lgan masofa qariyb 25 kilometrga teng. Ammo bu hudud ham yangi yildan to‘liq toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
– Quyi chuqurak mahallamiz tumanning eng chekka hududi hisoblanadi, – deydi “Quyi chuqurak” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Jasurbek Nasullayev. – Avvallari aholiga toza ichimlik suv tashib kelinar edi. Mana hozirgi kunda ishchi guruh o‘rganishi natijasida 2 milliard 900 million so‘m mablag‘ ajratildi. 23 kilometrlik suv quvuri tortilmoqda. Hozirgi kunda deyarli 75-80 foiz ishlar amalga oshirildi. Yangi yildan Quyi chuqurak mahallamizning barcha xonadonlari toza ichimlik suv bilan ta’minlanadi.
Ma’lumot uchun, ayni chog‘da viloyatning shahar va tumanlarida jami 19 ta ob’ektlarda ichimlik suv va oqova suv tarmoqlari qurilishi belgilangan edi. Bu bilan jami 175,6 kilometr ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish, 460 dona quduqlar o‘rnatish, yangi burg‘u quduqlar qazish, 10 ta ko‘p qavatli uylarni markazlashgan oqova tarmog‘iga ulash ishlari yakuniga yetkaziladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |