Farg‘ona viloyatida yakunlanayotgan yilda 82 ta umumta’lim maktabida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, mazkur maqsadlar uchun 273,6 milliard so‘m mablag‘ sarf etildi. 55 ta maktabga “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida 30,3 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari bajarilmoqda.
Yangi yil bayrami arafasida Uchko‘prik tumanidagi 41-umumta’lim maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov joriy yil 20 aprelda hududda yashovchi aholi murojaati asosida ushbu maktabga borib, holatni o‘rgangan hamda mas’ullarga ta’lim muassasasiga 220 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish va kapital ta’mirlash jarayonlarini tez, sifatli amalga oshirish bilan bog‘liq ko‘rsatma bergandi. Shuningdek, viloyat hokimining topshirig‘i bilan maktab o‘quvchilari uchun 12x24 hajmdagi sport zal qurish uchun viloyat mahalliy byudjetidan 2 milliard so‘m mablag‘ ajratib berildi.
Yangidan barpo etilgan ushbu ta’lim maskani binosi o‘quvchilar, ularning ota-onalari, ustozlar uchun o‘ziga xos sovg‘a bo‘ldi. Bu yerda o‘quvchilarning zamonaviy bilim olishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar muhayyo etilgan. Qulay sharoitlarga ega sportzal qurilishi ham yakunlanib, o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi.
41-umumta’lim maktabi binosi 1983 yilda qurilgan, 220 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur ta’lim maskanida 391 nafar o‘quvchi ikki navbatda ta’lim olayotgan edi.
Davlat investitsiya dasturi doirasida qisqa muddatda mazkur maktab uchun 220 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurildi, shuningdek, mavjud 220 o‘rinli o‘quv binosi mukammal ta’mirlandi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun 4 milliard 883 million so‘m mablag‘ sarflandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |