2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Andijonda yangi yilgacha yana 6 ta yangi uy foydalanishga topshiriladi

Andijonda viloyat markazi aholisini uy-joy bilan taʼminlash masalalariga bagʻishlangan brifing boʻlib oʻtdi. Unda aholini uy-joy bilan taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Prezidentimizning 2017-yil 23-oktyabrdagi “2017 – 2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Andijon shahrida tegishli muhandislik va ijtimoiy infratuzilmaga ega boʻlgan 47 ta uy-joy qurilishi belgilangani taʼkidlandi. 

Mazkur qaror ijrosi doirasida oʻtgan yili yetti qavatli 7 ta arzon uy qurilib, foydalanishga topshirilgan. Joriy yilda 20 ta ana shunday uy barpo etilishi belgilangan boʻlib, ayni kunga qadar imtiyozli ipoteka krediti hisobidan qad rostlagan 584 kvartirali 14 ta uy oʻz egalariga topshirilgan. Yangi yil bayrami arafasida yana 6 ta koʻp qavatli arzon uy foydalanishga topshiriladi. 

Ushbu uy-joylar fuqarolarga yiliga 7 foizli stavka boʻyicha 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga kreditga berilmoqda. 

Kelasi yili Andijon shahrida yana 20 ta yetti qavatli arzon uy-joy qurilishi koʻzda tutilgan. 

Aholining uy-joyga boʻlgan talab va ehtiyojidan kelib chiqib, tijorat banklari tomonidan ham koʻp qavatli uy-joylar qurilmoqda vashaharliklarga taqdim etilmoqda. “Obod mahalla” dasturi doirasida shaharning Mustaqillik mahallasida qiyin sharoitda yashayotgan 226 oilaga Bogʻishamol dahasida barpo etilgan 2 sotixli yangi uylardan berildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi “Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori asosida koʻplab xotin-qizlar uy-joy bilan taʼminlandi. Jumladan, shahar hududidagi boʻshab qolgan 2 ta kollej yotoqxonasi rekonstruksiya qilinib, moslashtirildi va uy-joyga aylantirilishi hisobiga 63 nafar xotin-qiz uy-joy bilan taʼminlandi. 

Brifingda mutasaddilar tomonidan 7 qavatli arzon va imtiyozli beriladigan boshqa uylarni olish tartibi toʻgʻrisida batafsilmaʼlumot berildi. 

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov soʻzga chiqdi. 

 

F.Ubaydullayev, OʻzA

20.11.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar