2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Respublika ishchi guruhi: xonqaliklarning minglab muammolari hal etildi

Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining Xonqa tumanidagi faoliyati inson qadrini ulug‘lashdek ezgu g‘oyalar ijobati bilan uyg‘un kechdi.

«Oqqo‘rg‘on tajribasi» asosida Xonqaning 44 ta mahallasida uyma-uy, xonadonma-xonadon tashkil qilingan sayyor qabullar esa xalq bilan muloqot tizimini yangi bosqichga olib chiqishda yana bir muhim platforma bo‘ldi.

Xonqada kooperatsiya asosidagi bir qator yangi loyihalarni amalga oshirishga kirishildi. Aytaylik, «Orasta bioservis» MCHJ rahbari 55 yoshli Zamira Zaripova biomahsulotlar yetishtirishda 30 yillik tajribaga ega. Bu ayol 4 yildan beri «Ehtirom» mahallasidagi uyida «Oltinko‘z», brakon, trixogramma, sitotroga kabi biomahsulotlar yetishtirib, 5 ta fermer xo‘jaligiga yetkazib beryapti. Bir mavsumda 40 million so‘mgacha sof foyda topayotgan ayol mahalladoshlaridan besh nafarini doimiy, o‘nga yaqinini esa mavsumiy ish bilan ta’minlagan.

Respublika ishchi guruhi bu korxona faoliyatini o‘rgangach, Zamira Zaripova rahbarligida kooperatsiya asosida biomahsulotlar yetishtirish loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, kooperatsiyaga 30 nafar xonqalik ishsiz xotin-qiz biriktirilib, 15 ta fermer xo‘jaligi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun tumanning boshqa bir hududidagi bo‘sh binodan uchta xona ajratildi. Hademay bu xonalar tabiiy gaz, elektr energiyasi, suv tarmoqlariga ulanadi. Kooperatsiyaga dastmoya uchun 90 million so‘m subsidiya ajratiladi. Bu mablag‘ga zarur jihozlar, xomashyo xarid qilinib, ish boshlanadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 15 ta fermer xo‘jaligining ming gektar g‘alla va paxta maydonlari uchun 2 million donadan «Oltinko‘z» va brakon, 10 kilogramm trixogramma tayyorlab berilsa ham, 799 million so‘mdan ziyod foyda olinadi. Bu esa kooperatsiyaning har bir a’zosiga o‘rtacha 4 million so‘m atrofida oylik maosh to‘lash imkonini beradi. Ya’ni ishlab chiqarish uchun bino, imkoniyat, dastmoya bor, tayyor mahsulotni sotib oluvchi bor. Faqat kuch-g‘ayrat va ilm bilan ishlash kerak, xolos. Bu orada issiqxonalar uchun yangi biomahsulotlar tayyorlash ham yo‘lga qo‘yilishi bilan esa kooperatsiyani faqat g‘alla-paxta mavsumi uchun emas, yil bo‘yi ishlatishga erishiladi.

Shu bilan birga, o‘rganishlar natijasida ishsizligi aniqlangan 125 nafar murojaatchiga subsidiya asosida tikuv mashinalari, pishiriq pishirish pechlari ajratilgani ularning uyida ishlab daromad topishi uchun yana bir qo‘shimcha imkoniyat bo‘ldi.

«Vatanparvar» mahallasida yashovchi 48 yoshli Nargiza Rahimova 20 yildan beri, 33 yashar qo‘shnisi Gulshod Qurbonova esa 10 yildan beri eski tikuv mashinasida ishlab kelardi. Nargiza ko‘rpa-to‘shak, yostiqlar, beshik anjomlari tayyorlasa, Gulshod asosan xotin-qizlar uchun ko‘ylak va kamzullar tikib beradi. Eski tikuv mashinasi anchadan beri yaxshi ishlamasligi bois buyurtmalar kamayib ketganidan sal o‘ylanib yurgan ikki ayolga ham subsidiyaga yangi tikuv mashinasi berilgani ularga chindan Yangi yil bayrami sovg‘asi bo‘ldi.

Bundan tashqari, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari orqali 106 ta loyihaga 3,3 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratishga qaror qilingan bo‘lsa, shundan 38 nafar murojaatchiga 1,3 milliard so‘m kredit berilishi ta’minlandi.

Yo‘llar ta’miri, elektr energiyasi, ichimlik suvi, suyultirilgan gaz va ko‘mir ta’minoti kabi aholining eng birlamchi hayotiy ehtiyojlari bilan bog‘liq qator masalalarga ham joyida yechim topildi. Xususan, "Mustaqillik",  "Do‘rmon",  "Zinaxos",  "Olchin" kabi mahallalardagi 21 km. tuproq ko‘chalar tosh yo‘lga aylantirilishi bilan aholining uzog‘i yaqin, yo‘li ravon bo‘ldi.

Tayanch, Mangulik, Mustaqillik, Istiqlol, Toma singari qishloq-mahallalarda 8 ta yangi transformator o‘rnatilib, 220 ta eskirgan simyog‘ochlar beton ustunlarga almashtirildi, qariyb 20 km. yangi tarmoq tortildi. Natijada 900 ta xonadon, ularda yashayotgan insonlar qalbi ham yanada charog‘onlashdi. Bu jarayonda yana bir yangilik – «temir daftar»ga kiritilgan 37 ta oila xonadonlari «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan suv isitish qurilmasiyu quyosh panellari bilan ta’minlandi.

Aholi talabidan kelib chiqib, qariyb 10,5 ming dona suyultirilgan gaz balloni almashtirilgan bo‘lsa, 2 ming 215 tonna ko‘mir olib kelinib, ehtiyojmand oilalarga tarqatildi. Ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq qator masalalar ham joyida hal qilindi. Aytaylik, «Gulg‘uncha» mahallasi "Urganch" ko‘chasidagi 20 dan ziyod xonadonda yashovchilarda suv ta’minotidagi avariya holatlaridan zada bo‘lib ketgan. Ayni shu masalada mazkur hududdan ariza-shikoyat ham ko‘p edi. O‘rganishlar asnosida «O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati hisobidan «Gulg‘uncha»ning "Urganch" ko‘chasida 1970 yillarda o‘rnatilgan va tabiiyki, bugun butkul eskirib ketgan suv tarmog‘ini yangilab berish ishlariga kirishildi.

Davlatimiz rahbarining «Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona yo‘lidir» g‘oyasi ta’lim tizimi xodimlari bilan muloqotlarning ham bosh mavzusi bo‘ldi. Ayni shu muloqotlar natijasida Xonqadagi 30 ta maktabga jami 900 million so‘mlik elektron doskalar va kompyuter jamlamalari topshirilishi bilan endi tumanning barcha 52 ta maktabi to‘liq shunday zamonaviy ta’lim jihozlariga ega bo‘ldi.

Tibbiy ko‘riklar natijasida xastalik aniqlangan 146 nafar bemor viloyat va tuman shifoxonalariga yotqizilgan bo‘lsa, nogironligi bor 63 nafar inson aravachalar va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlandi. Og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan xotin-qizlar va yoshlar muammolarini hal qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar uy-joylarini ta’mirlash, aholiga moddiy yordam ko‘rsatish uchun mahalliy byudjetdan 1,5 mlrd. so‘m ajratildi. Boquvchisini yo‘qotgan, og‘ir sharoitdagi 73 nafar ayolning uy-joylari ta’mirlab berildi.

Muxtasar aytganda, davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining Xonqa tumanidagi faoliyati ham bir haqiqatni yana bir bor isbotladi: aholini o‘ylantirayotgan aksariyat masalani quyi bo‘g‘inda hal qilsa bo‘ladi, faqat buning uchun ichki imkoniyatlarni izlab topish, barcha tizimdagi kuch va sa’y-harakatlarni birlashtirish lozim. Xonqaning 44 mahallasida «Oqqo‘rg‘on tajribasi» asosidagi o‘rganishlar davomida aniqlangan 6 ming 260 dan ziyod masalaning 4,5 mingdan ortig‘i joyida hal qilingan bo‘lsa, qolgan muammolar bo‘yicha «yo‘l xaritasi», tuman, sektor va mahalla darajasidagi har bir rahbar, har bir mas’ulning har haftalik ish rejasi ishlab chiqilib, nazoratga olindi. Bu boradagi vazifalar natijadorligi esa ular faoliyatiga baho berishda asosiy mezon bo‘ladi.

06.01.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar