Aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida joriy qilingan tajriba asosida Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida aholi bilan muloqotning yangicha tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Tuman hokimligida respublika, viloyat, tuman ishchi guruhi a’zolari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda bugungi kunga qadar viloyat va tuman rahbarlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan 4 ta sektor kesimida ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir bo‘lgan mahallalardagi muammolarni xonadonma-xonadon yurib o‘rganish va ularni joyida hal qilishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi.
Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar uyma-uy yurish orqali tumandagi mavjud 9 938 ta xonadon to‘liq xatlovdan o‘tkazildi.
Xatlov jarayonida aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida Xalqobod mahallasidagi 860 metr ichki yo‘llar hamda Zomin mahallasi Kelajak ko‘chasining 650 metr qismi shag‘allashtirildi. Birlik mahallasi Istiqlol ko‘chasida yangi transformator o‘rnatildi.
Zomin mahallasi hududida nosoz holatdagi ichimlik suv quvurlari ta’mirlandi. Quyitosh mahallasidagi 6-sonli umumta’lim maktabi, 1-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida suv quvurlari yotqizildi. Xalqobod mahallasida joylashgan 8 ta ko‘p qavatli uyning piyodalar yo‘lagiga tosh-shag‘al aralashmasi to‘kilib, aholining qulay harakatlanishi uchun sharoit yaratildi.
Fayzliobod mahallasi Sanoat ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar atrofi obodonlashtirilib, to‘planib qolgan 70 tonnadan ziyod, Zomin mahallasi Boychechak, Bobur, Semurg‘, Mehmonnavoz, A.Temur ko‘chalarida 5 tonnaga yaqin chiqindi olib chiqib ketildi.
Shuningdek, 5 ta – Birlik, Zomin, Otayurt, Ravot va Yangiqishloq mahallalarida aholini suyultirilgan gaz balloni bilan uzluksiz ta’minlash oralig‘i 40-45 kundan 30 kunga tushirildi. Tuman bo‘yicha aholiga qo‘shimcha 66 tonna ko‘mir mahsuloti tarqatildi.
Yangiqishloq va Ravot mahallasidagi uy-joyi ta’mirga muhtoj, og‘ir sharoitda yashayotgan 4 oilaning xonadoni to‘liq ta’mirlab berildi.
O‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar natijasida 185 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlandi. Ularning 23 nafari shifoxonalarga yotqizildi, 27 nafariga bepul dori-darmon tarqatildi, 135 nafariga ambulator sharoitda davolanish tavsiya etildi.
Band bo‘lmagan aholini ish bilan ta’minlash maqsadida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Unda qariyb 30 ga yaqin ish beruvchilar 2 500 ta ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Yakunda 128 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.
Seminar davomida aholi bilan muloqotning ushbu yangi tizimi asosida ishchi guruh a’zolariga o‘zlari biriktirilgan hududda ishlarni sifatli tashkil qilish, zarur bo‘ladigan mablag‘lar manbasini aniqlash va shu asosda zarur chora-tadbirlar ishlab chiqib amaliyotga tatbiq etish yuzasidan kerakli ko‘rsatmalar berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |