Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimligi, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Mamlakatimizda fuqarolarga turli ijtimoiy munosabatlarda qulaylik yaratish, ularning ogʻirini yengil qilishga doimiy eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.
Davlat xizmatlari markazi qisqa muddatda fuqarolarga bir joyning oʻzida qulay, ortiqcha vaqt va xarajat sarflamay xizmat koʻrsatadigan tizimga aylandi.
Markaz zali boʻylab oʻrnatilgan belgilar, xizmatlarni onlayn tarzda olish imkonini beradigan infokiosklar, u yoki bu davlat xizmatidan foydalanish jarayoni, elektron navbat koʻrsatilgan qogʻozchani olish, qaysi oynaga murojaat qilish lozimligi haqida tushuntirish beradigan maslahatchilar, shuningdek, kutish joylari tashrif buyuruvchilarni mamnun etmoqda. Ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, toʻlovlar uchun maxsus kassa, davlat xizmati jarayoni va navbat roʻyxatini namoyish etadigan monitor, naqd pul qilish mumkin boʻlgan bankomat ishlab turibdi.
Davlat xizmatlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻi Q.Xolovning taʼkidlashicha, markazda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari turi tobora koʻpaymoqda. Yangilangan binoda imkoniyatlar doirasi kengligi bois, bu yerda koʻrsatiladigan xizmatlar soni 100 dan oshdi. Eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish, avtomototransport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, biometrik pasport olish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ruxsat berish hujjatlarini rasmiylashtirish, FHDYO va notariat organlari tomonidan taqdim etiladigan va boshqa xizmatlar mavjud.
– Ilgari boʻsh oʻrin bor-yoʻqligini surishtirish uchun ham vaqt sarflashga toʻgʻri kelgan, – deydi fuqaro Dilshoda Muqimova. – Endi bunga hojat qolmadi. Farzandimni maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish maqsadida Buxoro shahar Davlat xizmatlari markaziga murojaat qildim. Tezda hal boʻldi. Yashash joyimiz yaqinidagi bogʻchaga yoʻllanma berishdi. Ishim oson bitgach, markazdagi boshqa xizmatlar bilan ham tanishdim. Bu yerda avtomobil raqamlarini berish xizmati ham yoʻlga qoʻyilgani juda yaxshi ish boʻlibdi. Aytishlaricha, bu amaliyot mamlakatda birinchilardan boʻlib shu yerda joriy etilibdi. Shuningdek, markazdagi elektron kutubxona, bepul Wi-Fi xizmati odamlarga qoʻshimcha qulaylik yaratadi.
Markazning yangi binosi foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Buxoro viloyati hokimi Oʻ.Barnoyev, Oʻzbekiston Respublika Adliya vaziri R.Davletov ishtirok etdi.
Erkin Yodgorov, OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |