Prezidentining 2022 yil 23-24 fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida Toshkent viloyati hokimligi Mo‘ynoq tumaniga biriktirildi. O‘tgan davr mobaynida ushbu hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholiga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalari hisobidan moliyaviy yordam ko‘rsatilmoqda.
Prezidentining 2022 yil 23-24 fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida Toshkent viloyati hokimligi Mo‘ynoq tumaniga biriktirildi. O‘tgan davr mobaynida ushbu hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholiga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalari hisobidan moliyaviy yordam ko‘rsatilmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati va Mo‘ynoq tumani hokimliklari bilan birgalikda 77 ta ob’ekt bo‘yicha jami 32 milliard so‘mlik qurilish, ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat Kengashining qarorlari va viloyat hokimining tegishli farmoyishlari asosida viloyat mahalliy byudjetidan mazkur tadbirlar uchun jami 16 milliard 500 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
Xususan, umumta’lim maktablarda 9 milliard 457 million so‘mlik mablag‘ hisobiga qurilish, ta’mirlash va jihozlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, 4 milliard 213 million so‘mlik mablag‘ o‘zlashtirilishi hisobiga “Qozoqdaryo” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi 15-sonli maktab va “Bo‘zatov” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Qarajar” ovulidagi 9-sonli maktab filialida kapital ta’mirlash ishlari olib borildi. Tumandagi barcha maktablar to‘liq sport inventarlari bilan ta’minlandi. Hozirda “Ush say” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi 4-sonli va “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 5-sonli umumta’lim maktablarining sport zallarini qurish ishlari davom etmoqda. Yetti yarim million so‘mdan ortiq mablag‘ni tumanda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, ta’mirlash va jihozlash ishlariga yo‘naltirish belgilangan bo‘lib, hozirda “Bozatau” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Qipchakdaryo” ovulida 50 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish ishlari, “Tik o‘zak” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi 12-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini joriy ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Buning uchun 30 foiz mablag‘ sarflandi.
–Toshkent viloyati hokimligining amaliy yordamida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasida bolajonlarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinishi bugungi kunda 91 foizga yetkazildi, – deydi Mo‘ynoq tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mutaxassisi Toqtasin Allanazarova. – Jumladan, tumanimizda jami 27 ta, shundan 17 ta davlat, 2 ta davlat-sheriklik asosidagi va 7 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat olib bormoqda. Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimligining homiylik yordamida “Tik o‘zak” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi 12-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, zarur jihozlar, o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar bilan ta’minlandi. Shuningdek, Bekobod tumani hokimligi tomonidan “Bo‘zatov” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi 60 o‘ringa mo‘ljallangan makatabgacha ta’lim tashkilotiga homiylik yordam ko‘rsatildi. Albatta, bunday yordamdan ovul aholisi juda ham mamnun. Maktabgacha ta’lim sohasidagi hamkorlik yangi yilda ham davom etmoqda.
Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha 1 milliard 585,4 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi reja qilingan bo‘lib, bugungi kunda 58,7 foiz ishlar amalga oshirildi. Tuman tibbiyot birlashmasiga tibbiyot uskunalari yetkazib berish maqsadida 76,2 million so‘m yo‘naltirildi. Tibbiyot birlashmasida tez yordam bo‘limini qurish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Kam ta’minlangan oilalar a’zolarining tibbiy operatsiyasi uchun 85 million so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.
Viloyat tadbirkorlari tomonidan 2022-2023 yillarda qiymati 393,9 milliard so‘mlik 23 ta loyiha amalga oshirilishi va 983 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan bo‘lib, hozirda 10 dan ortiq loyiha faoliyatini boshladi. Tashabbuskorning o‘z mablag‘i hisobidan 25 gektar yer maydonida dehqonchilik qilish, shuningdek, “Agrobank” tomonidan ajratilgan 2 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘i hisobiga avtotransportlarga xizmat ko‘rsatish va logistika xizmati loyihalari amalga oshirilmoqda.
Baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun tashabbuskorlar tomonidan “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi orqali 1058 gektar yer maydoniga ega tabiiy ko‘l ajratildi. Hozirda 2 milliard so‘mlik kredit mablag‘i yo‘naltirilib, zarur uskunalar bilan ta’minlanmoqda. Yana bir intensiv usulda baliq yetishtirish uchun “Tik o‘zak” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi eski parrandachilik-baliqchilik binosi tadbirkor tomonidan sotib olindi. Mazkur loyiha uchun “Ipoteka bank”idan 2,5 milliard so‘m kredit ajratilgan. Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, 30 gektar hududda “Netxaus” yozgi issiqxona tashkil etish, shuningdek, tuyachilik va echkichilikni yo‘lga qo‘yish loyihalari yuzasidan ishlar yakuniga yetkazilmoqda.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga muzlatgich, televizor, gaz plitalari berildi, shuningdek, ko‘plab oilalar xonadonlariga quyosh panellari o‘rnatildi. Qurilish hamda obodonlashtirish va boshqa masalalar uchun “Yo‘l xaritasi”ga asosan 13 milliard 387 million so‘m yo‘naltirilgan bo‘lib, tuman markazi va “Hakim ota” ovul fuqarolar yig‘ini hududida kitob fondiga boy kutubxona bunyod etildi. Tumandagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlariga suv filtrlari o‘rnatilishi, ko‘p kvartirali binolarning tom qismlariga shifer yotqizish, har bir mahallalarda futbol maydonlari qurib foydalanishga topshirish ishlari yakunlariga yetkazildi. “Qozoqdaryo” ovul fuqarolar yig‘ini hududida 4,5 kilometr va “Tik o‘zak” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi 3 kilometr ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.
Viloyat mahalliy byudjetining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tuman markazida “Yoshlar bog‘i” tashkil qilinib, hududning iqlimiga mos, sho‘rga va issiqqa chidamli manzarali ko‘chatlar yetkazib berilmoqda.
–Toshkent viloyati hokimligi jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash, yoshlarni sport kiyimlari va jihozlari bilan ta’minlashda ham har tomonlama yordam ko‘rsatib kelmoqda, – deydi Mo‘ynoq tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabining voleybol bo‘yicha murabbiyi Raxila Atamuratova. – bugungi kunda tumanimiz yoshlariga 250 million so‘mlik sport kiyimlari va jihozlari yetkazib berildi. Tumanimizning eng chekka hududlarida yashil qoplamali sport maydonchalari qurib berilmoqda. Shuningdek, “Madeli”, “Hakim ota”, “Qozoqdaryo” kabi chekka ovul fuqarolar yig‘inlari yoshlarining sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Shuning natijasida tuman yoshlari sport musobaqalarida faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarini egallab kelmoqda. Jumladan, “Besh tashabbus olimpiadasi”da voleybol bo‘yicha 16-21 yosh toifasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida “Qozoqdaryo” ovul fuqarolar yig‘inlari yoshlari sovrinli o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Mana shunday yordami uchun Toshkent viloyati hokimligiga tumanimiz yoshlari va ota-onalar nomidan minnatdorlik bildiramiz.
O‘tgan yilning noyabr oyida Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev rahbarligidagi delegatsiya Mo‘ynoq tumanida bo‘lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mehmonlar tuman markazidagi xiyobon hududiga o‘rnatilgan 13 ta attraksionlar (715 mln.so‘mlik),tashkil etilgan shoxobchalar, sport maydonchalari, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, “Qozoqdaryo” ovul fuqarolar yig‘ini binosi, ushbu hududdagi 15-umumta’lim maktabi, sport maydonchasi, “Bo‘zatov” hamda “Tik o‘zak” ovul fuqarolar yig‘inlari hududidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Kam ta’minlangan oilalarga, umumta’lim maktablariga viloyat hokimligi tomonidan sovg‘alar topshirildi. Sport musobaqalari g‘oliblari taqdirlanib, san’at ustalarining konsert dasturi namoyish etildi.
Tashrif davomidagi uchrashuvlarda ta’kidlanganidek, “Toshkent viloyati kashtado‘zlar klasteri” tomonidan Mo‘ynoqda 15 ta ish o‘rni yaratildi va "Ayollar daftari"dagi xotin-qizlar mazkur yo‘nalishda o‘qitilmoqda. “Nurafshon shahar hunarmandlar uyushmasi” tomonidan Mo‘ynoq yoshlari gulchilik, savatdo‘zlik, naqqoshlik va boshqa hunarmandchilik kasb hunarlariga o‘rgatilmoqda. Hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilariga velosipedlar berildi. 25 nafar yoshlar Yangiyo‘l tumanida mebelsozlikka o‘rgatildi. Aholining yashash sharoitini yaxshilash maqsadida tumanda 4 ta hammom quriladigan bo‘ldi.
“Qozoqdaryo” va “Madeli” ovul fuqarolar yig‘inlari yo‘llariga tosh-qum (PS) to‘shalmoqda. Tuman mahallalarida yoshlar uchun 8 ta qiymati 3 milliard so‘mlik sport maydoni quriladi. Maktablar uchun 4 turdagi jami 150 ta musiqa asbobi olib berildi. Har oyda “Ko’hinur” sanatoriysida 20 nafardan, jami 180 nafar fuqaroning davolanishi tashkil qilindi. Yoz oylarida 300 nafar 6-9 sinf o‘quvchilari Toshkent viloyatidagi oromgohlarda ta’tilga yuboriladi. Tumanning "Qiziljar" ovul fuqarolar yig‘inida 4 milliard so‘mlik hamda “Bo‘zatov” ovul fuqarolar yig‘inida 3 milliard so‘mlik jami 150 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurildi. Kam ta’minlangan, muhtoj oilalarga 155 million so‘mlik mahsulot tarqatildi. Tumanda aholi salomatligini oshirish maqsadida 2 ta ijtimoiy dorixona tashkil qilindi. Jarrohlik amaliyotiga muhtoj, imkoniyati cheklangan 24 nafar fuqaroga, shuningdek 372 nafar qon aylanish, 239 nafar o‘tkir yuqumli va 84 nafar qalqonsimon bez xastaligi bilan kasallangan bemorlarga yordam berildi.
Mo‘ynoq tumani aholisining turmush tarzini yaxshilash, ularning bandligini ta’minlash va daromadini oshirish yuzasidan hamkorlikdagi ishlar joriy 2023 yilda ham davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |