Respublika ishchi guruhining navbatdagi manzili Jizzax viloyatining Arnasoy tumani bo‘ldi. «Oqqo‘rg‘on tajribasi» asosida guruh vakillari aholini o‘ylantirib kelayotgan muammo va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni mahallalar kesimida «xonadonbay» o‘rganish va imkon qadar joyida hal etish bo‘yicha o‘z faoliyatini davom ettiryapti.
O‘n sakkizta vazirlik va idoralar, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida ishchi guruhlar va tezkor shtablar tuzilib, tumanning 13 ta mahallasidagi barcha — 6 830 ta xonadon sharoiti bilan tanishib chiqildi.
Aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, tuman aholisi talabidan kelib chiqib, 59,4 tonna qo‘shimcha suyultirilgan gaz yetkazildi, 920 dan ortiq xonadonlar gaz bilan bir me’yorda ta’minlanishiga erishildi.
Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 3 dona transformator, 58 ta temir beton ustunlar o‘rnatildi, 1,3 km. tarmoq qayta tortildi. «Cho‘lquvar» mahallasida 3,5 km. ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari boshlandi. «Bo‘ston» mahallasida aholi tomorqalarini sug‘orish uchun 1,5 km. ichki irrigatsiya tizimi yangidan qurildi.
Uyma-uy yurish natijasida 12 ta mahalla aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 514 nafar ehtiyojmand fuqaro bepul dori-darmon, 12 nafar fuqaro nogironlik aravachasi va boshqa reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlandi.
Aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish masalalari ham Ishchi guruh e’tiborida bo‘ldi. 43 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. Jumladan, 5 nafar ishsiz fuqaro doimiy ishga, 37 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishiga joylashtirildi. Jamoat ishlari jamg‘armasidan 39,3 mln. so‘m mablag‘ moliyalashtirildi.
Tuman aholisini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 121 nafar fuqaroga 337 mln. so‘m subsidiya mablag‘lariga 3 turdagi asbob-uskuna va mehnat qurollari olib berildi. Shuningdek, 165 nafar fuqaroga 1 mlrd. so‘m subsidiya asosida asbob-uskuna, mehnat qurollari bilan ta’minlash bo‘yicha hokim yordamchilari tavsiyasi berildi.
Tijorat banklari tomonidan 225 ta tadbirkorlik sub’ekti va aholi vakillariga 4,3 mlrd. so‘m kredit, jumladan, 191 nafar fuqaroga 3,1 mlrd. so‘m mikro-qarz, ta’lim krediti, iste’mol va ipoteka kreditlari ajratildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Ayollar daftari» ro‘yxatidagi 106 nafar xotin-qizga 404,7 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Jumladan, 34 nafariga uy-joy ta’miri uchun qurilish mollari (174,7 mln. so‘m), 20 nafariga reabilitatsiya vositalari (28 mln. so‘m) yetkazib berildi, 4 nafariga jarrohlik operatsiyasi uchun 58 mln. so‘m ajratildi.
«Yoshlar daftari» ro‘yxatidagi 77 nafar yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida 129,7 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Jumladan, oliy ta’limda o‘qiyotgan 20 nafar ehtiyojmand oila farzandlariga kontrakt to‘lovlari (37,4 mln. so‘m), 32 nafar oila farzandlariga moddiy yordam (31,4 mln. so‘m), 18 nafar yoshlarga davolanish uchun mablag‘ (24,3 mln. so‘m) ajratildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |