2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Arnasoyda ish “Oqqo‘rg‘on tajribasi” asosida olib borilmoqda

Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida aholi bilan muloqotning yangicha tizimi yo‘lga qo‘yilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar – “Oqqo‘rg‘on tajribasi” asosida amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 9 yanvaridan buyon Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘i asosida Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Maktabgacha va maktab ta’limi, Yoshlar siyosati va sport vazirliklari, shuningdek, kommunal, bank, avtomobil yo‘llari kabi 13 ta soha va  tizim mas’ullaridan tarkib topgan respublika ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.  

O‘rganishlar jarayonida Arnasoy tumanida respublika, viloyat, tuman ishchi guruhi a’zolari mutasaddi tashkilotlarining mutaxassislari bilan birgalikda mahalla fuqarolar yig‘inlarida uyma-uy yurib, aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilib, ularni zudlik bilan joyida hal etish maqsadida barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ichki ishlar organlari sektorida joylashgan Mirzo Bobur, G‘afur G‘ulom nomli, “G‘oliblar” va “Oltin vodiy” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 2 ming 610 ta xonadonning barchasiga uyma-uy kirib chiqildi. Ushbu o‘rganish natijalariga ko‘ra, 24 ta turar joyga gaz balloni yetkazib berildi, 3 nafar fuqaroga kredit ajratildi, 3 kishi ishga joylashtirildi, 23 kishiga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, 3-sektor hududidagi G‘afur G‘ulom nomli mahalla fuqarolar yig‘inidagi ijtimoiy soha ob’ektlaridan tuman bolalar-o‘smirlar sport maktabi ob’ektida qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar davomida “Hududgaz” AJning Jizzax viloyat filiali va tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan Arnasoy tumani G‘afur G‘ulom MFY xududidagi aholi xonadonlarini tabiiy gaz bilan bir me’yorda ta’minlash maqsadida gaz taqsimlash shoxobchalari ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Tumandagi “Do‘stlik” MFYda aholi muammolari va ijtimoiy soha ob’ektlaridan bo‘sh turgan binolar hamda 4-sonli umumta’lim maktabida issiqlik tizimi holati o‘rganilib, ko‘mir zaxirasi ko‘zdan kechirildi.

Ushbu hududdagi bir necha yillardan buyon ta’mirtalab holatga kelib qolgan bo‘sh turgan bino qayta rekonstruksiya qilinib, 4-sonli umumta’lim maktabiga berilishi hamda hozirgi maktab binosi esa maktabgacha ta’lim tashkilotiga topshirilishi qayd etildi.

Aholi suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida “Bo‘ston” va “Zarafshon” MFYda istiqomat qiluvchi 220 xonadonga suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi.

Viloyat IIB boshlig‘i, general-mayor G‘ayrat Qodirov G‘afur G‘ulom nomli mahallada yashovchi Rohatoy Yorqulovaga un va boshqa 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari topshirdi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, ushbu ayolning murojaati asosida o‘tgan yili uning turar joyi tomi 3-sektor ishchi guruhi tomonidan  yangilab berilgan edi.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari tumandagi “Gulbahor” mahallasida bo‘lib, bu yerda yashovchi, “Ayollar daftari”ning 4-bosqichi bo‘yicha kiritilgan X.Maxatovaga uy-joyini ta’mirlash uchun barcha zarur materiallar to‘laligicha ajratib berildi. Fuqaroning yashash sharoiti ayni kunda issiq va yaxshi. Ob-havo normallashgach ta’mirlash ishlari davom ettiriladi.

Arnasoy tumanida “Oqqo‘rg‘on tajribasi” asosida aholi muammolarini o‘rganishda uyma-uy yurish bilan bir qatorda, hududning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari ham atroflicha o‘rganilmoqda. Jumladan, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari tumanning “Gulbahor” va “Do‘stlik” MFY aholisi bilan uchrashib, hududning mavjud muammolarini o‘rganmoqda.

Xususan, “Do‘stlik” MFYda yashovchi N.Isroilova “Ayollar daftari”ning 3-toifasida turib subsidiya asosida o‘zi va oilasini iqtisodiy jihatdan tiklab olgan. U tikuvchilik asosida o‘zbek milliy choponlari tikib daromad topmoqda. Qo‘mita vakillari ushbu fuqaroning xonadonida bo‘lib, faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Arnasoyda Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Akilov rahbarligida Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Ozoda Mahmudova hamrohligida tuman aholisi bilan muloqot qilinib, ularning sog‘ligi va tibbiyotga oid murojaat va takliflari o‘rganilmoqda.

Aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida joriy qilingan tajriba asosida Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida aholi bilan muloqotning yangicha tizimi doirasidagi o‘rganishlar davom etimoqda.

14.01.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar