Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida joriy qilingan tajriba asosida respublika ishchi guruhi a’zolari aholini o‘ylantirib kelayotgan muammo va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni mahallalar kesimida “xonadonbay” o‘rganayotgani va imkon qadar joyida hal etayotgani haqida avval xabar bergan edik.
Yakunlangan hafta davomida 18 ta vazirlik va idoralar, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida ishchi guruhlari va tezkor shtablar tuzilib, tumanning 13 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi barcha – 6 ming 830 ta xonadon sharoiti bilan tanishib chiqildi.
Shu o‘rinda hududda aniqlangan muammolarni hal etish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, tuman aholisi talabidan kelib chiqqan holda 59,4 tonna qo‘shimcha suyultirilgan gaz yetkazildi. Tumandagi Bobur nomli va “Yangibo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inlarida aloqa tarmoqlarini yaxshilash maqsadida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zmobayl” filialining baza stansiyalaridagi nosozliklar bartaraf etildi.
Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 3 dona transformator, 58 ta temir beton ustunlar o‘rnatildi, 1,3 kilometr tarmoq qayta tortildi. Shuningdek, 3-sektor hududidagi “Oltin vodiy” MFY “Farovon” ko‘chasiga 63 kVa li yangi transformator punkti o‘rnatilib, 500 metr 10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i havo liniyasi tortildi.
“Cho‘lquvar” mahallasida 3,5 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari boshlangan edi, ammo havo harorati keskin sovub ketganligi sababli vaqtincha to‘xtatildi. “Bo‘ston” mahallasida aholi tomorqalarini sug‘orish uchun esa 1,5 kilometrlik ichki irrigatsiya tizimi yangidan qurildi.
Uyma-uy yurish natijasida 12 ta mahalla aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 514 nafar ehtiyojmand fuqaro bepul dori-darmon, 12 nafar fuqaro nogironlik aravachasi va boshqa reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlandi.
Jumladan, Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik vazirligi tomonidan “Bo‘ston” MFYda yashovchi Dinara Xudaynazarovaga elektr yuritmali nogironlik aravachasi taqdim etildi. Shu o‘rinda, Dinara nogiron bo‘lishi qaramasdan, o‘tgan 2022 yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga grant assosida o‘qishga kirib, hozirda ushbu oliygohda tahsil olayotganini ham ta’kidlab o‘tish lozim.
Aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish masalalari ham ishchi guruh e’tiboridan chetda qolmadi. Jumladan, “Arnasoy gold tex” MCHJga “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ro‘yxatidan joy olgan arnasoylik 100 nafar yigit-qiz ishga joylashtirildi.
Bundan tashqari, yana 43 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanib, 5 nafar ishsiz fuqaro doimiy ishga, 37 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishiga joylashtirildi. Jamoat ishlari jamg‘armasidan 39 million 300 ming so‘m mablag‘ moliyalashtirildi.
Tuman aholisini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 121 nafar fuqaroga 337 million so‘m subsidiya mablag‘lariga 3 turdagi asbob-uskuna va mehnat qurollari olib berildi. Shuningdek, 165 nafar fuqaroga 1 milliard so‘m subsidiya asosida asbob-uskuna, mehnat qurollari bilan ta’minlash bo‘yicha hokim yordamchilari tavsiyasi taqdim etildi.
Tijorat banklari tomonidan 225 tadbirkorlik sub’ekti va aholi vakillariga 4 milliard 300 million so‘m kredit, jumladan, 191 nafar fuqaroga 3 milliard 100 million so‘m mikro-qarz, ta’lim krediti, iste’mol va ipoteka kreditlari ajratildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi 106 nafar xotin-qizga 404 million 700 ming so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Shu jumladan, 34 nafariga uy-joy ta’miri uchun qurilish mollari (174 million 700 ming so‘m), 20 nafariga reabilitatsiya vositalari (28 million so‘m) yetkazib berildi, 4 nafar fuqaroga jarrohlik operatsiyasi uchun 58 million so‘m ajratildi.
“Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 77 nafar yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida 129 million 700 ming so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Oliy ta’limda o‘qiyotgan 20 nafar ehtiyojmand oila farzandlariga kontrakt to‘lovlari (37 million 400 ming so‘m), 32 nafar oila farzandlariga moddiy yordam (31 million 400 ming so‘m), 18 nafar yoshga davolanish uchun mablag‘ (24 million 300 ming so‘m) ajratildi.
Shuningdek, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Bekzod Toshpo‘latov hududda o‘rganish davomida qishloqdagi yo‘l ta’miri, elektr simyog‘ochlarni almashtirish, kam ta’minlangan, og‘ir sharoitda yashovchi fuqarolar xonadonlarini ta’mirlash, ijtimoiy ob’ektlardagi holatlar kabi masalalarga alohida e’tibor qaratdi.
Jumladan, ishchi guruh a’zolari, Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i 4-sektor rahbari boshchiligida hududdagi “Baxtli” va “Bo‘ston” MFYlarda aholi xonadonlarida bo‘lib, ularning muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, hududdagi “Bo‘ston” MFYda 7 nafar ijtimoiy kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinib, ularga ko‘mir mahsulotlari yetkazib berildi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi ma’sul xodimlari tomonidan esa 2-sektor hududi, “Yangibo‘ston” MFYda yashovchi sportning karate turi bo‘yicha yosh sportchilar, bir necha bor O‘zbekiston chempionlari bo‘lgan Shohista Asqarova hamda Dilnura Shirinovalarning holidan xabar olinib, ularga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Prokuratura mutasaddilari rahbarligidagi ishchi guruhi a’zolari 2-sektorda uyma-uy kirish orqali aholi muammolarini o‘rganib, hal etish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, moliya muassasalari ko‘magida “Chinobod” mahalla fuqarolar yig‘inining “Bo‘ston” ko‘chasida yashovchi Mashrab Isroilovga sigir buzog‘i bilan berilgan bo‘lsa, “Chinobod” MFY hududidagi “Bo‘ston” ko‘chasida yashovchi Odina Isoqovaning uy-joyi pol qismi ta’mirlab berildi. Shuningdek, ushbu mahallalardagi ijtimoiy kam ta’minlangan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Tumandagi “Gulbahor” mahallasidagi Oqto‘ti Aqmirzayevaning yashash sharoiti juda og‘ir va sovuqdan talofat ko‘rayotganligi ma’lum bo‘ldi. Barcha zarur uy-ro‘zg‘or buyumlari, maishiy texnika vositalari, ko‘rpa to‘shak hamda oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar bilan unga homiylik yordamlari ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023 yil 7 yanvardagi topshirig‘iga asosan tumandagi barcha umumta’lim hamda “Barkamol avlod” bolalar maktablarining qish mavsumiga tayyorgarligi, ulardagi mavjud muammolarni o‘rganish va hal etish bo‘yicha faoliyati o‘rganildi hamda mavjud muommolar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, umumta’lim maktablarida uzoq yillar davomida faoliyat yuritgan faxriy ustozlar holidan xabar olinib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, tumandagi 18-sonli umumta’lim maktabiga 15 kV quvvatga ega 133 million so‘mlik quyosh paneli, 3-sektordagi 8- va 20-sonli umumta’lim maktablariga 5 million 300 ming so‘mlik kitoblar jamlanmasi hamda 22-sonli umumta’lim maktabiga 2 million so‘mlik sport anjomlari taqdim etildi.
Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida aholi bilan muloqotning yangicha tizimi doirasidagi o‘rganishlar yakuniga yetmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |