2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Mehr harakati” karvoni yo‘lga chiqdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida aholidan uyma-uy xabar olish maqsadida “Mehr harakati” karvoni tashkil etildi.

O‘zganing yordamiga muhtoj insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qiyin kunida ularga ko‘makchi bo‘lish maqsadida boshlangan “Mehr harakati” Orolbo‘yining barcha joylarida davom etmoqda.  

Xalqimizga xos bag‘rikenglikning ifodasi bo‘lgan ushbu harakat negizida ijtimoiy yordamga muhtoj, boquvchisidan ayrilgan yoki yordam berish zarurati bor oilalardan xabar olinib, sovuq kunlarni talafotsiz o‘tkazib olishiga ko‘maklashilmoqda. Jumladan, yolg‘iz qariyalar, ko‘p farzandli ehtiyojmand oilalarga issiq kiyim, oziq-ovqat tarqatish punktlarini tashkil etish choralari ko‘rilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori Erkabay Tadjiyev tumandagi “Ullibog‘” ovulida joylashgan aholiga suyultirilgan gaz ballonlari, ko‘mir tarqatish shoxobchasi faoliyati bilan tanishib, ko‘mir va gaz ballonlarini uzluksiz yetkazib berish borasida ko‘rsatma berdi.  

“Mehr harakati” tamoyili asosida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi va homiylar hisobidan 427 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga 30 tonna ko‘mir, 129 ta suyultirilgan gaz balloni, oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Homiylar hisobidan “Ko‘kcha”, “Paxtaobod”, “Yanboshqal’a” va “Qumbosgan” ovullaridagi yordamga muhtoj 48 oilaga 28 ta gaz plitasi, 28 ta isitish pechkasi, 7 turdagi 327 dona issiq kiyim-kechak tarqatildi. Shuningdek, yakka tartibda uyda ta’lim olayotgan 12 nafar o‘quvchining holidan xabar olinib, ularga o‘quv qurollari, badiiy adabiyotlar, o‘quv partasi va o‘quv taxtasi berildi.  Shu kabi, sog‘ligida muammosi bo‘lgan 51 nafar fuqaroning 36 nafariga ambulator sharoitda davolanish uchun 22 turdagi dori vositasi berilib, 4 nafari kasalxonaga yotqizildi, 7 nafariga order, nogironlikni belgilash va boshqa zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi.  

Tumanda mehnat yarmarkasi tashkil etilib, 41 nafar ishsiz fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi. “Mehr harakati” doirasida “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshidagi "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 510 oilaga oziq-ovqat mahsuloti yetkazib beriladi.

20.01.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar