2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat harbiy prokurori sayyor qabul o‘tkazdi

Andijon viloyati harbiy prokuraturasi tomonidan Asaka tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Andijon viloyati harbiy prokurori, adliya polkovnigi Abdumalik Abdusamadov rahbarligida tashkil etilgan sayyor qabulda aholi, xususan, harbiylar va oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini eshitish, mavjud muammolarini bartaraf etishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.  

Sayyor qabul davomida yoshlar, ayollar, Qurolli Kuchlar xizmatchilari hamda oila a’zolarining turli masalalar bo‘yicha murojaatlari eshitildi.  

Murojaatlarning 6 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal qilindi, ma’lum vaqt talab etadigan 3 ta murojaatni o‘rganish va hal etish mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga yuklanib, ijrosi nazoratga olindi. Bir necha murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.  

Sayyor qabul doirasida viloyat harbiy prokurori tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari bilan muloqot o‘tkazdi. Muloqotda harbiy xizmatchilarning, xususan, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimi xodimlarining huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlari himoyasi, sohada  qonun ustuvorligini ta’minlash, bu boradagi muhim vazifalar xususida atroflicha so‘z yuritildi.  

Sayyor qabul va muloqot ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga viloyat harbiy prokuraturasi mutasaddilaridan batafsil javob oldi.  

21.01.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar