Poytaxtimizning Yunusobod va Chilonzor tumanlari Respublika ishchi guruhi faoliyatining navbatdagi manzillariga aylandi.
Toshkentda 19 yanvar kuni o‘z ishini boshalagan mazkur guruh o‘tgan davr mobaynida aholining yuzlab muammolarini bartaraf etishga ulgurdi.
Jumladan, 17 ta vazirlik va idora rahbarlaridan tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi Yunusobod tumani aholisidan kelib tushgan 2 210 ta muammodan 2 112 tasi, ya’ni 96 % shu kungacha hal etildi.
Aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi. Tumandagi elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni tezkorlik bilan hal etish maqsadida 8 ta mobil brigadalar tashkil etilgan. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 2 ta yangi transformator o‘rnatildi, 21 ta transformator ta’mirlandi, 7,3 km elektr tarmog‘i tortildi natijada 174 ta ko‘p qavatli uylar va 5127 ta yakka tartibdagi aholi xonadonlarining energiya ta’minoti yaxshilandi.
Tabiiy gaz ta’minotini oshirish bo‘yicha 19 ta gaz taqsimlagich ta’mirlandi, 13 340 ta aholi xonadonlarining gaz bosimi oshirildi.
Isitish tizimini yaxshilash bo‘yicha 0,3 km. issiq suv quvuri ta’mirlandi, 67 ta ko‘p qavatli uy va 974 ta aholi xonadonlarida isitish tizimi tiklandi.
Tumanning 7 ta maktabga Toshkent shahar hokimligi tomonidan jami 686 mln. so‘mlik kompyuter jamlanmalari topshirildi.
Chilonzor tumanida ham qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Xususan, Respublika ishchi guruhi Shtabiga jami 2 203 ta masalada murojaat kelib tushgan bo‘lib, 1 905 tasi, ya’ni 86 % joyida hal etildi. Murojaatlarning 1 653 tasi elektr energiya, 409 tasi gaz ta’minoti, 93 tasi issiqlik ta’minoti va 48 tasi boshqa masalalarda.
Tumanda elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 19 ta transformator yangisiga almashtirilib, 15,7 km tarmoq tortildi, 5,9 km past kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari joriy ta’mirlandi. 13 ta mahallada 9 ta ko‘p qavatli, 2 ta xonadonning, 1 ta tashkilotning ichimlik suvi ta’minotida mavjud muammolar hal etildi.
378 ta aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari, 195 dona gaz taqsimlash punktlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ishchi guruh o‘z faoliyatini davom ettirilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |