Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Shahrisabz davlat pedagogika institutiga borib, institutda talabalar ilm olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
So‘ng viloyat rahbari institutga qarashli 1-sonli talabalar turar joyida bo‘lib, talabalarning dam olishi, bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishi mumkin bo‘lgan qulayliklarni ko‘zdan kechirdi. Issiqlik tizimi bilan qiziqdi. Talabalarning taklif va muammolari tinglandi.
Ta’kidlash lozimki, Shahrisabz davlat pedagogika institutida ayni paytda 7014 nafar talaba, shundan 3909 nafari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olmoqda. Ularga 202 nafar pedagog, 25 nafar fan nomzodi va 5 nafar fan doktori saboq berib kelmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan IT markazi, elektron kutubxona, madaniy hordiq olish uchun teatr studiyasi talabalar ixtiyorida.
Institutda ikkita talabalar turar joyi bo‘lib, unda 315 nafar talaba istiqomat qiladi. Bu esa kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning 18 foizini tashkil qiladi.
bugungi kunda institutda energiya resurslarini tejash va ulardan unumli foydalanish maqsadida ko‘plab istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, institutda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish maqsadida quvvati 100 kilovatt soat bo‘lgan quyosh foto elektrostansiyasi, 25 ta quyosh tashqi yoritish chiroqlari, 4 ta 300 metr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmasi o‘rnatildi. Institut bir yilda sarflaydigan elektr-energiyasi 360 ming kilovatt bo‘lib quyosh panellari o‘rnatilishi natijasida 1 yilda 250 ming kilovatt elektr-energiyasi tejalishiga erishiladi. Joriy yilda yana 50 kilovatt soat quvvatga ega quyosh foto elektrostansiyasi va 40 ta quyosh yoritkich chiroqlari xarid qilish mo‘ljallanmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |