2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Orol tubida “yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlari barpo etish boshlandi

Orol dengizining suvi qurigan tubida “yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlari barpo etish, shu orqali hududda mavjud ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi hayotiga salbiy ta’sirni yanada yumshatish borasida “Dengiz chekinsa ham, inson chekinmaydi” shiori ostidagi joriy yilgi ishlarga start berildi.

2023 yilgi saksovul ekish mavsumining boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari mutasaddilari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi faollari, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar, ekologlar va o‘rmonchilar ishtirok etdi.  

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Orol dengizining suvi qurigan tubida "yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlari barpo etish, Orolbo‘yi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 1,7 million gektar maydonda saksovul, cherkez, qandim kabi sho‘rga va qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklardan iborat yashil qoplamalar barpo etildi.  

Ushbu ishlarni tizimli davom ettirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 18 yanvardagi “Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlarini barpo etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Jumladan, 2022 yilda 107 ming gektar maydonda saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklaridan “yashil qoplamalar” barpo etildi. Jami 590 tonnadan ziyod cho‘l o‘simliklarining urug‘i jamg‘arildi. 100 gektar saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklaridan niholxonalar tashkil etildi. Mazkur ishlarni bajarish uchun 635 nafar ishchi-xodim, 250 dona yuqori unumli traktor va 2 dona kichik aviatsiya (AN-2) jalb etildi. E’tiborlisi, barpo etilgan “yashil qoplamalar” soha olimlari tomonidan doimiy monitoring qilinib, cho‘l o‘simliklarining ko‘karishi bo‘yicha yaxshi natijalarga erishilmoqda.

2023 yilda 100 ming gektar maydonda himoya o‘rmonzorlari hisoblanuvchi “yashil qoplamalar” barpo etish rejalashtirilgan. Buning uchun jami 420 tonna saksovul, qandim, qoraburoq kabi cho‘l o‘simliklarining urug‘i jamg‘ariladi. 100 gektar maydonda saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklaridan niholxonalar tashkil etiladi. Zarur miqdordagi texnika va mexanizmlar, mutaxassis va ishchi-xodimlar o‘rmon meliorativ tadbirlarini amalga oshirish uchun jalb etiladi.  

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev ishtirok etgan tadbirda xayrli ishda qatnashayotgan bir guruh xodimlar rag‘batlantirildi.  

03.02.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar