Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Qo‘rg‘oncha mahallasidagi tomorqa yerlarda yetishtirilgan dehqonchilik va ziroatchilik mahsulotlari nafaqat o‘zimiz, balki qo‘shni davlatlar bozorlarida ham xaridorgir bo‘lgan.
Keyingi yillarda tomorqa yerlarni sug‘orishda yuzaga kelgan muammolar mirishkorlarning ishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Mazkur muammoni bartaraf etish, qishloqda yana tomorqachilikni keng rivojlantirish maqsadida ayni kunlarda mahalla o‘ramida ezgu loyiha amalga oshirilmoqda. Aholi vakillarining takliflari, davlatimiz rahbarining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori asosida qishloqdagi aholi xonadonlari tomorqasini Katta Farg‘ona kanalidan sug‘orish uchun alohida tarmoq tortilmoqda. Qiymati 2 milliard 236 million so‘m bo‘lgan ushbu loyiha doirasida ayni kunda Katta Farg‘ona kanalidan mahallagacha 2 ming 160 metr masofada suv tarmog‘i tortilmoqda. Kanaldan suv olish uchun alohida suv inshooti qurilib, suv nasosi va transformator punkti ham o‘rnatiladi.
Mahallaning maqbul joyida suv taqsimlash maskani tashkil etiladi. Suv o‘tkazish qobiliyati 35 m3/sekundni tashkil etuvchi ushbu tarmoqni qurilish ishlari “Beshariq maxsus suv pudrat” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda. Qurilish ishlari shu yilning mart oyi oxirida yakunlanadi.
– Davlatimiz rahbarining qarori qishlog‘imizdagi 30 yillik muammoga yechim bo‘ldi, – deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Habibullo Mamatqulov. – Mahalla ahli xayrli tashabbusdan juda mamnun, nuroniylarimiz esa duoda. Nasib, loyiha to‘liq yakuniga yetgach 570 dan ortiq aholi xonadonlari o‘z tomorqasidan samarali foydalanishi mumkin. Aholimiz yetishtiradigan sabzavot va poliz ekinlarini ayni mahallani o‘zida bir joyda sotadigan maxsus maskan yarmarka tashkil etishni rejalashtirganmiz.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |