Prezident topshirig‘iga asosan aholi muammolariga e’tibor qaratish hamda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash yuzasidan ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo ishchi guruhning joylardagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Iste’mol bozorlaridagi narx-navo barqarorligini ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish borasida olib borilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan “Zamin Green” gidroponika issiqxonasi faoliyati bilan tanishildi.
Korxonada 30 nafar doimiy va 100 nafar mavsumiy ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, yillik 3,5 tonna pomidor mahsuloti yetishtiriladi. Uning bir qismi mahalliy bozorga, ortgani chet elga eksport qilinadi.
Ishchi guruh korxonaning yetishtirilayotgan mahsulotni arzonlashtirish maqsadida quyosh energiyasi hamda yoqilg‘ining alternativ turlariga o‘tish rejalari bilan tanishdi.
Aholi uchun munosib infratuzilma, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, bolalar maydonchalari qurilish ishlarini baholash jarayonida tumanning Uyg‘ursoy shaharchasidagi obodonlashtirish ishlari hamda yangidan barpo etilgan “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” faoliyati o‘rganildi.
Markazda mahalliy aholi uchun 800 turdagi 2 mingdan ziyod kitob jamlangan kutubxona, robototexnika, IT-texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganish uchun sinfxonalar tashkil etilgan. Shuningdek, maktab va bolalar bog‘chasi kapital ta’mirlanib, bolalar sport maydonchalari qurilgan.
Ichki ishlar vazirligi nomidan kutubxona uchun 20 million so‘mlik kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilinadigan bo‘ldi.
Ichki ishlar vaziri mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikni mahallabay jilovlash dasturlarining ijrosi borasida Uyg‘ursoy shaharchasida shakllantirilgan beshlikning hamkorlik masalalariga jiddiy e’tibor qaratib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish maqsadida ishchi guruh Pop tumani ichki ishlar bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.
Tuman mahallalarida jinoyatchilikning ahvoli, oila-turmush doirasida hamda yoshlar, ayollar tomonidan va ishsizlik oqibatida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish borasida profilaktik ishlarning samaradorligi o‘rganildi.
Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda soha rahbarlarining ish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Ishchi guruh faoliyatini davom ettirmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |