Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Mirjamol Miralimov “mahallabay” tizimi asosida aholi muammolarini aniqlash va hal etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, kriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi boshqa ijtimoiy-maishiy muammolarni bartaraf etish borasida Buxoro shahrida o‘rganishlar olib bordi.
Dastlab Buxoro shahar 3-sektor hududida joylashgan “Jo‘bor” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan tanishildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Jarayonda, boshqarma boshlig‘i aholi muammolariga yechim topish, aholi bandligini ta’minlash, hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirib, jinoyatlarni oldini olish borasida mahalla mas’ullariga o‘z tavsiyalarini ham berdi.
“Jo‘bor” mahalla fuqarolar yig‘ini Sulton Jo‘ra ko‘chasida yashovchi “Temir daftar” ro‘yxatida kiritilgan, Ra’no Kozimova xonadonida bo‘lgan boshqarma boshlig‘i mas’ul rahbarlar hamrohligida uni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rgandi.
Buxoro shahrining A.Mushfiqiy ko‘chasida yashovchi “Yoshlar daftari” ro‘yxatida bo‘lgan Ma’mura Kenjayevaning Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bilan bo‘lgan uchrashuvi ham samarali bo‘ldi. Ko‘pdan beri “Go‘zallik saloni” ochib tadbirkorlik bilan shug‘ullanish niyatida bo‘lgan bu yoshning orzusi shu yerning o‘zida ushaldi. U “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga taqdim etiladigan imtiyoz sabab o‘z tadbirkorligini boshlaydigan bo‘ldi.
–Muammolarim o‘zining yechimini topdi, –deydi Ma’mura Kenjayeva. – Bu muammo meni ko‘pdan beri qiynab kelayotgan edi. Boshqarma boshlig‘i tashabusi bilan taqdim etiladigan imtiyoz sabab o‘z tadbirkorligimni boshlayman.
Buxoro viloyati IIB boshlig‘i boshchiligidagi mas’ullar 33-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham bo‘lib, bu yerda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Mirjamol Miralimovning “mahallabay” o‘rganishlari davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |