2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ijtimoiy birdamlik g‘oyasi ilgari surilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqilayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlari fraksiya pozitsiyasini, munosabatini bayon qilmoqda.

Fraksiyalar rahbarlari qayd etganidek, yangilanayotgan Konstitutsiyada ko‘zda tutilayotgan normalar har bir siyosiy partiya dasturiy vazifalariga hamohang, elektorat manfaatlariga munosib.  

—  Yangilanayotgan Konstitutsiyada "O‘zbekiston — ijtimoiy davlat" degan konstitutsiyaviy tamoyil muhrlanayotgani va davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq normalar bir necha barobarga oshayotgani alohida e’tiborga molik, — dedi O‘zXDP fraksiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov. — Loyihada ijtimoiy birdamlik g‘oyasi ilgari surilmoqda. Qayerdaki ijtimoiy birlik bo‘lsa, o‘sha yerda farovonlik, rivojlanish bo‘ladi. Yangilanayotgan Konstitutsiyaning qator me’yorlarida kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish, pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy yordamlar miqdori eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilmoqda.  

Davlat zimmasiga aholi ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining hayot sifatini oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish majburiyati yuklanmoqda. Shuningdek, fuqarolar tibbiy yordamning qonunda kafolatlangan hajmini bepul olishga haqli ekanligi qat’iy belgilanmoqda.  

Shuningdek, majlisda boshqa fraksiyalar rahbarlari ham so‘zga chiqib, o‘z munosabatini bildirib, deputatlarni yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.  

09.03.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar