Joriy yilning fevral oyida xonadonbay o‘rganish asosida aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish, aholi bilan muloqotning yangicha tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida joriy qilingan tajriba Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida qo‘llanildi.
Respublika ishchi guruhi tomonidan tuman aholisi orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada fuqarolarning 44,5 foizi ichki yo‘llarning holati yomonligi, 37 foizi gaz, 22 foizi ichimlik suvi, 17 foizi elektr energiyasi ta’minotidagi kamchiliklarni, 20 foizi transport xizmati va 16 foizi sog‘liqni saqlash tizimidan qoniqmasligini ma’lum qildi.
Tumandagi 62 ta mahallada 44 ming 393 ta xonadon, 443 ta ijtimoiy va boshqa ob’ektlar o‘rganildi. Natijada 10338 ta muammoli masala aniqlanib, 7462 tasi joyida hal etildi. Qolgan masalalarga ham respublika ishchi guruhi boshchiligida mutasaddi tashkilotlar tomonidan yechim topilmoqda.
Jumladan, qisqa vaqt ichida tumandagi 91,7 kilometr ichki yo‘llar shag‘allashtirildi, 2 kilometr yo‘lga asfalt yotqizildi. 5 ta gaz taqsimlash punkti joriy ta’mirlandi, 64 mingdan ortiq gaz ballon almashtirildi, ehtiyojmand oilalarga 400 ga yaqin yangi gaz ballon yetkazib berildi.
Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 12 ta yangi transformator o‘rnatildi, 32 tasi ta’mirlandi, 474 dona beton ustunlar qo‘yildi va 13,2 kilometr yangi elektr kabeli tortildi.
Shuningdek, ikkita suv uzatish stansiyasi ta’mirlandi, 15 kilometrdan ortiq suv tarmog‘i qurildi.
Mazkur jarayonda ishsiz aholining bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun 258 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 249 nafari kasb-hunarga yo‘naltirildi, 218 nafari o‘zini o‘zi band qilishi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 90 nafar ishsizlarga 623 million so‘mlik asbob-uskunalar berildi. 235 nafar fuqaro 6,2 milliard so‘m imtiyozli kredit, 266 nafar talabaga 2,3 milliard so‘m ta’lim krediti ajratildi.
Bundan tashqari, ta’lim, tibbiyot, tadbirkorlik bo‘yicha ham aholi roziligiga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirildi.
“Oqqo‘rg‘on tajribasi” Ishtixonda o‘z samarasini bergach, viloyatning boshqa hududlarida aholi muammolari bilan ishlashda ham shu tarzda faoliyat olib borish belgilandi.
– Shu yilning 20 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi G‘.Mirzayev hamda Samarqand viloyat hokimi E.Turdimov ishtirokida Ishtixon tumanida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni bartaraf etish borasidagi ishlar tahlil etilganda viloyatning boshqa shahar va tumanlaridagi 172 ta mahallada Ishtixon namunasi asosida fuqarolar tomorqalaridan unumli foydalanish, sanitariya holatini yaxshilash va mahalla hududini obodonlashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha vazifalar belgilangandi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiyev. – Shundan so‘ng hokimliklar va sektorlar mas’ullari, mutasaddi tashkilotlar bilan birga bu vazifalar ijrosiga kirishilib, ayni vaqtga qadar 172 mahalladagi 7913 nafar ishsiz fuqarolardan 2695 nafarining bandligi ta’minlandi. 134 oilaning uy-joyi ta’mirga muhtojligi aniqlanib, ularga ham amaliy yordam ko‘rsatildi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va tibbiyot birlashmalari tomonidan mahallalarda ko‘riklar tashkil etilib, 11 ming nafarga yaqin fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘riklar natijasiga ko‘ra, aniqlangan xastaliklarni davolash uchun 1293 kishiga shifoxonalarlarga yo‘llanma berildi, 39 nafar bemorda jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Shuningdek, 58 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 35 kishiga protez-ortopediya vositalari hamda 1926 nafar bemorga bepul dori-darmon tarqatildi.
Mahallalardagi shu paytgacha tuproq yo‘l bo‘lgan ichki yo‘llarning 191 kilometr qismi shag‘allashtirildi. 26 kilometr yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizildi. Bugun eng dolzarb masala bo‘lgan aholining elektr ta’minoti bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida 175 ta transformator ta’mirlanib, 689 ta yangi temir-beton ustunlar o‘rnatildi.
Bundan tashqari, 172 mahallada kechayotgan obodonlashtirish ishlari davomida shu paytgacha 57 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi, ariqlar tozalandi. Xonadonlar atrofidagi 409 ta noqonuniy qurilmalar buzildi.
Misol uchun, viloyatning Qo‘shrabot tumanidagi Shavona, Mayintepa, Sorgigul, Toz singari 9 mahallasida o‘rganish va amaliy ishlar davomida 416 nafar fuqaroning ishsizligi aniqlandi. Hozirgacha ulardan 15 nafarining bandligi ta’minlandi. Uy-joyga muhtoj, o‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan 9 nafar fuqaroning turar joyi ta’mirlanmoqda. Mahalalar hududida 800 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. 150 ga yaqin tomorqaga ishlov berilib, aholiga sabzavot urug‘lari va ko‘chatlar tarqatildi.
Shu kabi ishlar Toyloq tumanidagi 18 ta, Paxtachidagi 16 ta, Samarqand shahridagi 15 ta, Nuroboddagi 12 ta va boshqa tumanlardagi mahallalarda amalga oshirilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |