Bugun Farg‘ona viloyatidagi aksariyat mahallada tonglar qizg‘in bunyodkorlik ishlari bilan boshlanyapti: viloyat qishloq-mahallalarining 374 tasida ichki yo‘llar asfaltlashtirilib, 229 tasida ichimlik suvi va oqova suv ta’minoti bunyod etilayotgan bo‘lsa, 47 ta hududning elektr ta’minoti yaxshilanyapti. Qishloq-mahallalarning aksariyati iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli eng og‘ir hududlardir.
Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining Farg‘ona viloyatidagi eng og‘ir-murakkab hududlardagi faoliyati bilan dasturlar ijrosi jadallashtirilyapti. Mahallalarda, xonadonlarda kechayotgan sayyor qabullarda yangi-yangi tizimli masalalar yechimi topilyapti. Darhaqiqat, xalq bilan muloqotning «Oqqo‘rg‘on tajribasi» bugun Farg‘onaning barcha tuman-shahrida birdek tatbiq etilyapti.
Avvallari bir tumanga belgilangan dastur asosida o‘rtacha 5-6 km. ichki yo‘llarni asfaltlash uchun mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, bugun birgina Quva tumanidagi 29 ta mahallada bir paytning o‘zida 192 km.dan ortiq yo‘llarni asfaltlash ishlari ketyapti.
Bu – Quvada joriy yilda 38 baravar ko‘p ichki yo‘llar asfalt qilinyapti, degani. Birgina «Akbarobod» mahallasida 5 km. yo‘l asfaltlanishiga guvoh bo‘lib, aholi bilan so‘zlashar ekanmiz, quvaliklar bir iborani tez-tez tilga olishdi: «Bu kunlarni 30 yil kutdik...».
E’tiborlisi, bitta tizimli masala hal qilinishi – Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan yuzlab-minglab murojaatlarga ham yechim topildi, deganidir. Aytaylik, Quvaning «Namuna» mahallasidagi 3 km. yo‘lga beton qoplanayotgani bilan hududdagi 2 mingdan ziyod aholini o‘ylantirgan eng asosiy muammo hal qilinyapti yoki Toshloqning «Tog‘liq» va «Konizar» mahallalaridagi 14,2 km. yo‘l asfaltlashtirilishi bilan qariyb 8 ming nafar aholining uzog‘i yaqin, yo‘li ravon bo‘lyapti.
Marg‘ilonda ham bunyodkorlik ishlari avjida. Shaharning birgina «Yangibog‘» mahallasida 1,5 km. ichimlik suvi va 700 metr oqova suv tarmog‘i bunyod etilishi bilan hududdagi qariyb 6 ming 250 nafar aholi to‘liq obi hayot bilan ta’minlanadi.
Qo‘shtepa tumanida esa bu yil 16 ta mahallada 33,6 km. yangi elektr tarmog‘i qurilyapti. Bu 16 ta mahalladagi xonadonlar ham, ularda yashayotgan minglab insonlar qalbi ham charog‘on bo‘ladi, degani yoki birgina «Dehqonobod» mahallasidagi 1,4 km. elektr tarmog‘i tortilishi-yu 100 ga yaqin beton tayanchlar va yangi transformator o‘rnatilishi bilan 200 dan ziyod xonadonning elektr ta’minoti yaxshilanadi.
Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining Farg‘ona viloyatidagi faoliyati davom etyapti.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |