Oliy sud raisi o‘rinbosari H. To‘raxo‘jayev boshchiligida Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa va Rishton tumanlarida sayyor qabul tashkil etildi. Unda jismoniy va yuridik shaxslarning sud-huquq masalalariga doir murojaatlari o‘rganildi.
Aytish joiz, fuqarolarning sudlarga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda joylarda tashkil etiladigan qabullarning o‘rni beqiyos. Zotan, bunday uchrashuvlar fuqarolarning eshikma-eshik sarson bo‘lishining oldini olishga, muammolarni imkon qadar tezkor hal etishga xizmat qilishi barobarida murojaatchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar dasturida ham yuqoridagi jihatlarga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, pirovard maqsad adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga ishonchini mustahkamlashdan iborat.
Sayyor qabulda 79 nafar fuqaroning jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning 33 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, 15 ta murojaat yuzasidan arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida hal qilish uchun qabul qilindi. 18 ta murojaat joyida o‘z yechimini topgan bo‘lsa, 13 ta minnatdorchilik xati qabul qilindi.
Shuningdek, sayyor qabul doirasida o‘tkazilgan sayyor sud majlislarida sodir qilgan jinoiy qilmishi uchun sud hukmi bilan jazoni o‘tayotgan 20 nafar fuqaro qilmishidan pushaymonligi, tegishli xulosa chiqarganligi, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tganligini munosabati bilan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ish haqi, aliment undirish bo‘yicha murojaatlar o‘rganib chiqilib, sud buyruqlari chiqarildi va ijroga qaratildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |