Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Zarafshon shahri va Tomdi tumanida bo‘lib, muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan o‘tkazilgan bir qator saxovat tadbirlarida ishtirok etdi.
Viloyatda o‘tkazilayotgan tadbirlarda 2023 yil 21 martdagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida” gi Prezident qarorida belgilanganidek, Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo‘lgan odamiylik, inson sha’nini ulug‘lash, yaxshilik va mehru saxovat kabi fazilatlarni namoyon etadigan, bugungi tinch va osoyishta hayotimizni qadrlash, oila va mahallalarda, butun yurtimizda mehr-oqibat, o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Viloyat hokimligi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, dastlab viloyat rahbari Zarafshon shahridagi “Istiqlol” mahallasida yashovchi avtohalokat oqibatida to‘shakda yotoqli bo‘lib qolgan 1-guruh nogironi Dilafruz Mavlonova va Alisher Navoiy mahallasida yashovchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj Dilnavoz Jalilova xonadonida bo‘ldi.
Hozirda bir nafar farzandini yolg‘iz voyaga yetkazayotgan D. Mavlonova viloyat hokimidan sog‘ligini tiklashga ko‘maklashish bo‘yicha yordam so‘radi. Uning xastaligi respublika markazidan jalb qilinadigan malakali mutaxassislar tomonidan tekshiriladigan va belgilangan tibbiy ko‘rsatma asosida muolajalar olib boriladigan bo‘ldi.
Dilnavoz Jalilova esa viloyat hokimi bilan uchrashuv chog‘ida uyini ta’mirlash borasida ko‘mak so‘radi. Ushbu masala “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan hal etiladigan bo‘ldi. Har ikkala xonadonga ham oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Shuningdek, viloyat rahbari Alisher Navoiy mahallasi binosida fuqaro Dilafruz Murtazoyevani qabul qildi. Uning ishga joylashish va kredit olish borasidagi murojaatini ijobiy hal etish yuzasidan bandlik va bank idoralari vakillariga ko‘rsatmalar berildi. Shu kunning o‘zida Normat Tursunov viloyat markazidan 350 kilometr olisda joylashgan Tomdi tumanining “Shiyeli” ovulida ham bo‘ldi.
“Shiyeli“ ovuli qo‘shni davlat Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh eng olis hududlardan biri hisoblanadi.
Viloyat hokimi “O‘zbekiston Qahramoni” S.Sag‘atov, nuroniylar S.Kurishbekov, B.Aqnazarovlarning holidan xabar olib, ularga sovg‘alar va oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etdi va ramazon oyi bilan tabrikladi.
Shu kuni muborak Ramazon oyi munosabati bilan 100 nafardan ortiq hudud aholisi uchun iftorlik dasturxoni yozildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |