Mo‘ynoq va Orolbo‘yi mintaqasiga tashrif yakuni haqida
Joriy yil 4-5 aprel kunlari respublikamizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar vakillari Qoraqalpog‘istonda bo‘ldi.
Qayd etish kerak, mazkur tashrif ularga Orol bo‘yida ekologiya tizimini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, yangi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Xorijiy diplomatlar Orolbo‘yi ekotizimini tiklash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan chang va zaharli tuz tarqalishining oldini olish maqsadida dengizning qurigan tubida 1.73 million gektar maydonda yashil hudud barpo etish bo‘yicha dunyodagi eng yirik ekologik loyiha amalga oshirilayotgani, jumladan, 1 million 620 ming gektar maydonda saksovul, tamariks va boshqa cho‘l o‘simliklaridan iborat o‘rmon barpo etilgani alohida ta’kidlandi. Orolqumda 2023 yil yana 100 ming gektar o‘rmonzor barpo etiladi. Shunisi quvonarliki, “sahro o‘rmoni” maydoni kundan-kun kengaymoqda.
– Nukusda diplomatik korpus kun tartibi mazmunli kechdi, – deydi mamlakatimiz Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov. – “Oltin jag‘is” mahallasi, Ona va bola shifoxonasi, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, ushbu majmua klinikasi va nihoyat Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi barchaga manzur bo‘ldi.
Mehmonlar respublikaning o‘ziga xos sayyohlik maskaniga aylangan “kemalar qabristoni”ga ham tashrif buyurgan. Bir paytlar O‘zbekistonning baliqchilik sanoatiga ixtisoslashgan yagona port shahri bo‘lgan Mo‘ynoq bugun Orol dengizi qirg‘og‘i chizig‘idan 150 kilometr narida.
Umuman, Orol dengizi qurishi yaqin tarixdagi eng yirik ekologik halokatlardan biridir. Bir qator xalqaro tuzilmalar singari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi ham hukumatimizga bu inqirozning salbiy oqibatini yumshatishda muntazam yordam berib kelmoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, YeXHTning mamlakatimizdagi vakillari 2017 yildan buyon orol dengizi janubiy qirg‘og‘i va Amudaryo deltasining suv-botqoq yerida fauna va flora xilma-xilligini saqashga qaratilgan monitoring tadqiqoti olib borishyapti.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |