Salohiyatli kadrlar rezerviga nomzodlar faqat mahallalardagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari orasidan tanlab olinishi belgilangan.
– Menga katta ishonch bildirilib, Milliy zaxiraga qabul qilindim, – deydi Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “Bog‘ibo‘ston” MFY hokim yordamchisi Sardor Qodirov. Savob ish qilish, o‘zimdan yaxshi amallar qoldirish, Prezidentning bizga bildirilgan ishonchiga xiyonat qilmaslik kabi qat’iy amal qiladigan qadriyatlarim bor. Men faoliyat olib borayotgan mahallada 4 ming nafar aholi bor. O‘tgan 2022 yilda murojaatlar asosida 8 ta oilaga imtiyozli kreditlar hamda 6 ta oilaga subsidiya ajratildi.
Hokim yordamchisi lavozimini joriy etishdan maqsad ham asosan xalqni ichiga kirib, ularning dardu-tashvishlariga quloq tutish, aholi muammolarini o‘rganib, bartaraf etishdan iborat. Hokim yordamchisi bo‘lib ish boshlagan ilk kunlarimda birinchi murojaatchining arizasi bilan tanishib chiqqan ondayoq, bu lavozim mas’uliyatini his etganman.
Boshida, albatta qiyinchiliklar bo‘ldi. Yunusobod tumanida 64 nafar hokim yordamchisi bo‘lib, biz har bir ishda, har qanday mavjud muammolarni o‘rganishda hamjihatlikda ish boshladik. Ilk murojaatni hal etish uchun 3 kun kerak bo‘lgan. Mana shu 3 kun ichida murojaatchiga tegishli miqdordagi kredit ajratilishida ko‘mak berilgan. Vazifam ortidan birinchi duoni olgan shu kun meni juda quvontirgan, kuch bergan.
Yosh, umidli mutaxassis sifatida Salohiyatli kadrlar rezerviga qabul qilindim. Menga yo‘nalish berilib, Olmazor tumani investitsiya bo‘limiga yuborishdi. U yerda tadbirkorlar bilan ishlash bo‘yicha kerakli yo‘nalishlarni o‘rganib chiqdik. Hozirgi kunda Olmazor tumani hokimiga dublyorlik faoliyatini o‘tamoqdaman. O‘rganayotganlarim kelgusida kerakli natijalarni berishiga ishonaman.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |