Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning davomiyligini ta’minlashda mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi, har bir yangi norma, avvalambor, inson va uning huquqlarini kafolatlashga qaratilgan.
Xususan, yangilanayotgan Konstitutsiyada inson huquqlari borasidagi normalar qariyb uch baravarga ko‘paymoqda.
Bular quyidagilar:
–insonning huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli;
–insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsiz;
–insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi;
–hech kimga uning roziligisiz majburiyat yuklatilishi mumkin emas;
–insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi kerak;
–har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga ega;
–har kim mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqiga ega;
–har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.
–har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.
– shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emas.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |