Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Mirjamol Miralimov viloyatning 3-sektor hududiga qarashli G‘ijduvon tumanining “Og‘itma” ovuli aholisi muammolarini o‘rgandi.
“Og‘itma” ovuli G‘ijduvon tumani “Ko‘kcha” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli cho‘l hududida joylashgan. Mazkur aholi punkti viloyat markazidan 220 kilometr, G‘ijduvon tumanidan 160 kilometr uzoqlikda joylashgan eng olis, cho‘l hududlaridan biri hisoblanadi.
“Og‘itma” ovulida 77 ta xonadon va 300 ga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ovulda bo‘lgan viloyat 3-sektor rahbari “fuqarobay” tizimi asosida har bir xonadonda bo‘lib aholi muammolarini joyida o‘rgandi.
Boshqarma boshlig‘i mahalla binosida “beshlik” vakillari bilan bo‘lgan suhbat davomida aholidan kelib tushayotgan har bir murojaatni tegishli tartibda ko‘rib chiqish, unga yechim topish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi. Viloyat 3-sektor rahbari “Og‘itma” ovulida joylashgan ijtimoiy obektlar, maktabgacha ta’lim tashkiloti, 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda tibbiyot maskanida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Jarayonda yoshlarning ta’lim tarbiya olishi, ovul ahlining salomatligini ta’minlash borasida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. Ovuldagi yoshlarning ta’lim olishlarida zarur bo‘ladigan o‘quv qurollari, sport anjomlari taqdim etildi. Shuningdek, ovul yoshlariga ta’lim berish o‘z jonbozligi hamda mehnati bilan o‘rnak bo‘layotgan bir guruh maktab o‘qituvchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.Aholini arzon hamda sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi ham tashkil qilindi.
Muborak Ramazon oyini milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizga mos va hamohang tarzda o‘tkazish, xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovat amallariga alohida e’tibor berish, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni keng targ‘ib etish an’ana tusiga kirgan. “Og‘itma” mahallasi aholisi uchun yozilgan iftorlik dasturxonida ham mana shu ezgu amallar yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Unda o‘tganlar xotirasiga Qur’on tilovat qilindi. Iftorlikda ishtirok etgan ro‘zadorlar yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, dehqonlarimiz yetishtirayotgan mahsulotlar hosiliga baraka tilab, duo qilishdi.
Buxoro viloyati 3-sektor rahbarining hududlar bo‘ylab o‘rganishlari davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |