2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident topshirig‘i amalda: uy – joyga ehtiyoj qolmaydi

Prezidentimiz o‘tgan yili Toshkent viloyatining markazi Nurafshon shahriga tashrifi davomida “Mening birinchi uyim” dasturini amalga oshirish taklifini bergan edi. O‘tgan vaqt davomida bu borada aholiga qulaylik yaratish borasida tegishli choralar ko‘rildi.

Yakunda davlatimiz rahbari raisligida “Yangi O‘zbekiston” massivlarida uy-joy qurilishi va 2023 yil uchun ipoteka dasturini amalga oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Zangiota tumanida “Mening birinchi uyim” nomli yangi massiv Qurilish vazirligi huzuridagi direksiyaga topshirildi.  

Ushbu massivning rejasida maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasasi va aholi uchun zarur bo‘lgan boshqa maskanlar quriladi. Bu tumandan ajratilgan jami 36 gektar yer maydoniga, 2500 oilaga mo‘ljallangan, qulay va energiya tejamkor 58 ta ko‘p qavatli uy-joylar barpo etilishi ham belgilangan. Massiv foydalanishga topshirilishi natijasida poytaxtga yaqin bo‘lgan – Zangiota, Toshkent, Yangiyo‘l tumani hamda Yangiyo‘l shahrida yashovchi aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji to‘la ta’minlanadi.  

Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, viloyatda joriy yilda jami 137 ta 6 ming 98 xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. Shunda 84 ta 4 ming 88 ta xonadonli uylar “Yangi O‘zbekiston” massivlarida quriladi. bugungi kunda Chirchiq shahrida 15 ta 948 xonadonli, Olmaliq shahrida 15 ta 1 ming 100 xonadonli uylarning qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Qo‘shimcha ikkita yangi massivlar esa Nurafshon shahri hamda Zangiota tumanida barpo etilishi belgilangan. Joriy yil 1 iyungacha 24 ta, 1 oktyabrga qadar 53 ta, 1 noyabrga qadar esa 60 ta uy-joylar to‘liq foydalanishga topshiriladi.  

Ta’kidlash joiz, hozirgi paytda ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurishda seysmik xavfsizlik masalalarini joylarga chiqqan holda, maxsus uskunalar yordamida laboratoriya sinovlari o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘rganish davomida asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning loyihaviy mustahkamligi ta’minlanmagan holatlarda qurilish ishlari to‘xtatilib, demontaj qilinishi ta’minlanmoqda.  

Jumladan, o‘tgan davr mobaynida viloyat hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda 554 marta monitoring o‘tkazish ishlari olib borildi. Natijada loyihachi, pudratchilarning mas’ul xodimlariga nisbatan 138 ta yozma ko‘rsatmalar hamda 10 ta holatda ma’muriy choralar ko‘rildi.  

2023 yil dasturidagi barcha uy-joylarga energiya tejash maqsadida quyosh panellari o‘rnatilishi belgilanib, panellar va energiya tejamkor uskunalar o‘rnatilmagan uy-joylarni foydalanishga qabul qilmaslik tartibi qo‘llanilmoqda. Mazkur sa’y-harakatlar tufayli uy-joyga ehtiyoji bor fuqarolarga qulayliklar yaratiladi.  

29.04.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar