Poytaxtimizda O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi tomonidan 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan "Birlashish nuqtasi" media anjumani o‘tkazildi.
O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja va boshqalar milliy ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish borasidagi amaliy ishlarda nodavlat media tuzilmalari ham muttasil ravnaq topib borayotganini ta’kidladi.
Darhaqiqat, bugungi kunda media dunyosida katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. Dunyoda jurnalistika mislsiz tarzda o‘zgarib bormoqda. An’anaviy jurnalistikadan zamonaviy, kreativ, tezkor jurnalistikaga o‘tilmoqda. Jurnalistika sohasi keyingi yillarda keskin o‘zgarishlarga yuz tutgani barobarida bu jurnalistlarning o‘ziga ham, odamlarning, ayniqsa teletomoshabinlarga ham ta’sir etmoqda. Raqamli ommaviy axborot vositalari rolining keskin o‘sishi iste’molchilarining yangiliklarni olish usullarini keskin va sezilardi darajada o‘zgartirdi.
Mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilayotgan, ochiqlik, oshkoralik, so‘z va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan hozirgi kunda ommaviy axborot vositalariga bo‘lgan e’tibor tobora ortib bormoqda. Bu esa milliy media vakillari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Shuni ham aytish kerakki, mamlakatimizda o‘tkazilgan referendum jarayoni nodavlat teleradiokanallari va jurnalistlar uchun juda katta tajriba maktabi bo‘la oldi.
Media anjumanda bugungi jurnalistikada so‘z erkinligi, kuni kecha bo‘lib o‘tgan referendum jarayonlarida medianing roli, nodavlat teleradiokanallarning ishtiroki haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, uchrashuvda tashkilotning nomi "O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi"dan "O‘zbekiston Milliy media birlashmasi"ga o‘zgartirildi.
Milliy media birlashmasi o‘z safiga yanada ko‘plab yangi a’zolarni qabul qilishi, media vakillarining muloqot qiladigan, o‘zaro fikr almashadigan maydonga aylanayotgani hamda birlashish, bir bo‘lib jurnalistika sohasida katta marralarni zabt etish mumkinligi ta’kidlandi.
Shuningdek, umumiy yig‘ilishning kun tartibida tashkilotning 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlari va 2023 yilga mo‘ljallangan istiqbolli rejasi, O‘zbekiston Milliy media birlashmasi Boshqaruvi raisining o‘rinbosari - Bosh direktori Abduaziz Abutalipov nomzodini tasdiqlash hamda tuzilmaning yangi a’zolarini qabul qilish bo‘yicha qarorlar tasdiqlandi. Tashkilot a’zolari jurnalistikaning bugungi va kelajagi bo‘yicha fikr almashishdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |