2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ichki ishlar vaziri 21 nafar fuqaroning murojaatini qanoatlantirdi

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, dolzarb muammolarni aniqlash hamda davlat organlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishini ta’minlash bo‘yicha o‘ziga xos samarali mexanizm yaratilgan.

Belgilangan vazifalarni samarali ijro etish maqsadida davlat organlari rahbarlari, shu jumladan, ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov tomonidan soha mutasaddilari ishtirokida Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi Bo‘ston mahallasida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.  

Qabul davomida fuqarolardan turli masalalarda 54  murojaat qabul qilindi. Ularning 32 tasi surishtiruv va tergov harakatlari bilan bog‘liq muammolar, 20 tasi ichki ishlar organlariga xizmatga (o‘qishga) kirish va qayta tiklanish hamda ikkitasi mahkumlarning jazoni o‘tash muassasalarini o‘zgartish masalalarini tashkil etdi.  

Murojaatlarning 29 tasi ijobiy hal etilib, chuqur o‘rganish talab etilayotgan 25 murojaatning ijrosi nazoratga olindi.  

Sayyor qabul jarayonida surishtiruv yoki dastlabki tergov harakatlaridan norozi 21 nafar fuqaroning murojaati qanoatlantirildi. 6 nafar sobiq xodim ichki ishlar organlariga qayta ishga tiklandi hamda 2 nafar jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning jazoni o‘tash bilan bog‘liq muammolari ijobiy hal etildi.  

05.05.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar