2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Davlat xizmatlari agentligi bir yoshda. Ko‘rsatilayotgan xizmatlardan aholi rozimi?

“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”. Ushbu ulug‘vor g‘oyani so‘zsiz amalga oshirish maqsadida mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilganiga ertaga roppa-rosa bir yil to‘ladi.

Xo‘sh, shu vaqt davomida Agentlik tomonidan qanday ishlar amalga oshirildi? Ko‘rsatilayotgan xizmatlardan aholi rozimi? Yutuqlar va muammolar nimalarda namoyon bo‘ldi?

Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda respublika bo‘yicha 201 ta ana shunday Markazlar tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan aholiga jami 103 turdagi sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Shundan 31 tasieksperimental davlat xizmati bo‘lib, ular har bir viloyatda bittadan tuman-shaharda ko‘rsatiladi. 2020 yilgacha Markazlar orqali 160 dan ortiq shaffof, qulay va tezkor davlat xizmatlarini ko‘rsatish rejalashtirilgan.

Agentlik tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibotlarini soddalashtirish, taqdim etiladigan hujjatlar soni va murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatini keskin qisqartirishga qaratilgan 54 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqildi. Shu orqali fuqarolar tomonidan talab etiladigan hujjatlar soni 155 tadan 92 taga kamaytirildi, xizmat ko‘rsatish uchun talab etilgan jami 522 kunlik muddat 218 kunga qisqartirildi.

Zamonaviy arxitektura-qurilish echimlari, yuqori energiya samaradorligi, tashrif buyuruvchilarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish uchun qulay shart-sharoitlarni o‘zida mujassamlashtirgan innovatsion Davlat xizmatlari markazlari binolarini qurish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida barpo etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, 159 ta ana shunday markaz binosini qurish uchun er uchastkasi hamda 31 ta bo‘sh turgan bino inshootlarini ajratish yuzasidan hokim qarori qabul qilindi. Shuningdek, jami 81 ta Markaz binosini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurib bitkazish hamda rekonstruktsiya qilish yuzasidan kelishuvga erishilib, shundan 4 tasida qurilish ishlari boshlab yuborildi. Ayni vaqtda 95 ta Markaz binolarini qurish ishlari olib borilmoqda.

Rejalar ham ulkan. Jumladan, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda aholiga yanada qulayliklar yaratish uchun jamoat transportlarining eng serqatnov bekatlari (metro, avtovokzal va aeroportlar, shuningdek, bozorlar va yirik savdo komplekslari)da “yo‘l-yo‘lakay” davlat xizmatlarini joriy etish rejalashtirilgan. Bunday xizmatlar Yaponiya, Janubiy Koreya, Braziliya kabi rivojlangan mamlakatlarda samarali yo‘lga qo‘yilgan.

11.12.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar